Disbakterioz simptomlarini yengillashtirish: ichak mikroflorasini qanday qo‘llab-quvvatlash kerak
Nima uchun ichak salomatligi organizm uchun juda muhim?
Ko‘pincha, sog‘lig‘imiz bilan bog‘liq turli buzilishlar bezovta qilganda, biz muammoni hayot tarzining alohida jihatlari orqali hal etishga harakat qilamiz. Albatta, salbiy tashqi omillar, yuqori darajadagi jismoniy yoki ma’naviy zo‘riqish va tartibsiz ovqatlanish turli buzilishlarga turtki bo‘lishi mumkin. Biroq butun organizmning umumiy holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovqat hazm qilish tizimi salomatligiga bog‘liq. Chunki aynan ichakda asosiy ozuqa moddalari o‘zlashtiriladi, shuningdek immun himoyasiga javob beruvchi hujayralarning 80 foizi shu yerda shakllanadi.
Ichakda milliardlab bakteriyalar yashaydi, ular birgalikda murakkab tizim – mikroflorani hosil qiladi. Normal mikrofloraning 95 foizini bifidobakteriyalar va laktobatsillalar tashkil etadi. Ular:
- ovqat hazm qilish jarayoniga yordam beradi,
- vitamin va minerallarning so‘rilishini yaxshilaydi,
- ichakni patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi,
- immun tizimini mustahkamlaydi.
Disbakteriozning paydo bo‘lishiga nima ta’sir qiladi?
- Fastfud va tarkibida yuqori darajada shakar bo‘lgan mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish
- Noto‘g‘ri yoki bir xillikdagi ovqatlanish
- Antibiotiklar va boshqa dori vositalarini tez-tez qabul qilish
- Stress, yetarlicha uxlamaslik, ortiqcha jismoniy va hissiy zo‘riqish
- Alkogoldan me’yoridan ortiq foydalanish
Bu omillarning barchasi ovqat hazm qilish tizimiga qo‘shimcha yuklama berib, mikroflora muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Organizmga qanday yordam berish mumkin?
To‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qiling (ratsionga sabzavotlar, mevalar, donli mahsulotlar va oqsilga boy taomlar kiritish lozim).
- Foydali bakteriyalar uchun “oziq” bo‘ladigan kletchatka ulushini ko‘paytiring.
- Kun tartibini nazorat qiling: to‘liq uyqu va muntazam dam olish organizmning tiklanishiga yordam beradi.
- Mikroflora muvozanatini saqlashga mo‘ljallangan maxsus vositalardan foydalaning.
Shulardan biri – Laktofiltrum, uning tarkibida sorbent va prebiotik mavjud. Sorbent toksinlar va moddalar almashinuvi mahsulotlarini bog‘lab, ichakdan chiqarib yuboradi, prebiotik (laktuloza) esa ichakdagi foydali bakteriyalarning o‘sishini rag‘batlantiradi. Natijada noqulaylik simptomlari kamayadi, yengillik hissi qaytadi va organizmning umumiy holati yaxshilanadi.
Qayerdan sotib olish mumkin?
Bugungi kunda sog‘liqni asrash avvalo ichkaridan boshlanishi lozim. To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli jismoniy faollik, muntazam sog‘lom uyqu va yaxshi kayfiyat sog‘lom holatni saqlashga yordam beradigan asosiy odatlardir. Ammo muvozanatli turmush tarziga har doim ham rioya qila olmasak, Laktofiltrum ichak mikroflorasining muvozanatini tiklash va disbakterioz simptomlaridan xalos bo‘lishda yordam beradi. Laktofiltrumni qanday dozada va qay tarzda qabul qilish haqida ma’lumotni topishingiz mumkin shu yerdan.