Bolalar allergiyasi haqida nimalarni bilish zarur?
Allergik kasalliklarning takrorlanishi yil sayin ortib bormoqda. Kattalarda odatda, havoda “uchuvchi” (chang, mog‘or zamburug‘lari, hayvonlar juni va h.k. sporalari) allergenlarga reaksiya bo‘lsa, bolalarda turli oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergik reaksiya kuzatiladi.
1-fakt. Oziq-ovqat allergiyasi, odatda 2 yoshdan kichik bolalarda kuzatiladi va yoshi ulg‘aygan sari mustaqil ravishda o‘tib ketadi.
Bunga ovqat hazm qilish tizimining shakllanmagani sabab. YOshi kattalashgan sayin oshqozon-ichak tizimi etilib, oziq-ovaqtga allergiya chekinadi. Biroq ba’zi bolalarda bunday allergiya butunlay yo‘q bo‘lib ketmasligi va allergik rinit, kon’yuktivit va hatto bronxial astma rivojlanishi ham mumkin. Bu holat tibbiyotda “atopik marsh” deb ataladi.
2-fakt. Hozirga qadar “atopik marsh”ning paydo sabablariga aniq javob topilgan emas.
Ota-onadan biri allergiya bilan og‘risa, bolada ham allergiya paydo bo‘lish ehtimoli 30-40%ni tashkil qilishi, mabodo ham ota, ham onada allergiya bo‘lsa, bolaning allergiyaga chalinish ehtimoli 70-75% ni tashkil qilishi isbotlangan. Oziq-ovqatga allergiya holati davolansa va profilaktikasiga e’tibor qaratilsa, “allergik marsh”ning rivojlanish ehtimoli bir qadar kamayadi.
3-fakt. Aksariyat hollarda oziq-ovqat allergiyasi ko‘pchilikka yaxshi tanish va ma’lum mahsulotlar ta’sirida paydo bo‘ladi.
YOsh bolalarda allergen mahsulot – shokolad yoki qandaydir noma’lum meva-cheva emas, hamma biladigan sigir suti ekani, qiziq. YUqori allergen mahsulotlar “katta sakkizligiga” sigir sutidan tashqari: tovuq tuxumi, bug‘doy, eryong‘oq, krevetka, krab va baliq kiradi.
4-fakt. Tug‘ilganidan keyin bola hayotining birinchi yilidagi atopik dermatitga oziq-ovqat allergiyasi sabab bo‘ladi.
Allergiya/ovqatni qabul qilmaslik atopik dermatit rivojlanishiga olib keladi va bu holat ko‘proq bolalarda kuzatiladi.
5-fakt. Atopik dermatitning paydo bo‘lishiga ichak disbakteriozi ham yana salbiy omillardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, bugungi kunda ichak disbakteriozining atopik dermatit (AtD) asnosida teri mikroflorasiga bilvosita ta’siri ham isbotlangan: ichakda laktobakteriyalarning kamayishi terida organizmni allergiyaga chalintirishda qo‘shimcha manba va infeksion asoratlarga* sabab Staphylococcusepidermidis miqdorining oshishiga olib keladi. Atopik dermatitga yo‘liqqan 80-90% bolalarda ichak disbakteriozi kuzatiladi. Hozirga qadar mutaxassislar atopik dermatit birlamchimi yoki ichak disbatkeriozimi, degan masala ustida aniq to‘xtamga kelishgani yo‘q. Anig‘i shuki, atopik dermatit xastaligi bolada bedavo dardlar paydo qilishi ham mumkin. Bu - gipersensibilizatsiya — eshak emi — asab-refleks ta’sirchanligi — vegeto-visseral (miya funksiyasining jiddiy buzilishi) — oshqozon-ichak tizimida disfunksiya — gipersensibilizatsiya*.
Bolalarda allergodermotoz larning kompleks muolajasi
Bolalarda allergodermatozni davolash kompleksiga oshqozon-ichak tizimi, detoksikatsiya (entersorbatsiya) va ichaklar mikroflorasi balansini tiklovchi muolajalar ham kiradi.
Ikki tomonlama ta’sir etuvchi LAKTOFILTRUM® zamonaviy innovatsion preparati organizmga kompleks ta’sir ko‘rsatib, teri qichishi muddatlari va intensivligini qisqartirishga yordam beradi, bolalarda atopik dermatit remissiyasi (qaytalanish)ni uzaytiradi.
LAKTOFILTRUM® ikki faol modda saqlaydi:
Atopik dermatoloji ichida Lactofiltrum® qilmoqda:
Laktofiltrum (sashe-xaltachalar) preparatini qanday qabul qilish kerak?
Laktofiltrum laktuloza bilan birga kuchli sorbsion xususiyatga ega lignin saqlaydi. Lignin mazkur xususiyati orqali nafaqat toksin va patogen bakteriyalarni, balki mahsulotlarning ba’zi foydali qo‘shimchalari, Laktofiltrum bilan qabul qilinadigan dori vositalarini ham chiqarishi mumkin.
Laktofiltrum kompleks terapiyada alohida qabul qilish qoidalariga amal qilingan holda boshqa vositalar bilan birga qabul qilinishi mumkin.
Sashe-xaltachadagi vositani 50-100 ml iliq suvda gomogen suspenziya hosil bo‘lguniga qadar eriting.
Qabul qilish kursi: 10-14 kun yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra.
Qarshi ko‘rsatmalar: mahsulot komponentlariga shaxsiy ta’sirchanlik.
Manba:
*Atopik dermatit va disbakterioz. YU.A. Gallyamov, t.f.d., prof. RMAPO, Moskva, davolovchi shifokor, 2010 y. noyabr, 2-5 bet.