EKZEMA

Atopik dermatit

Ekzema – turli ko‘rinishdagi toshmalar, qichishish, achishish bilan birga immun tizimining susayishi bilan kechadigan terining surunkali va qaytalanuvchi kasalligidir. Bu kasallik irsiy va polietiologik, ya’ni turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan xastalikdir. Kattalarga qaraganda bolalarda ko‘proq rivojlangan (bolalar orasida 5-20%, kattalar orasida esa allergik (atopik) ekzema 2-10%). Aksariyat hollarda ekzemaga kasalllik emas, balki xastalik alomati sifatida qaraladi, binobarin u atopik dermatitning sinonimi hisoblanadi.

Ekzemaning turli paydo bo‘lish omillari bo‘lib, ular  tashqi va ichki omillarga bo‘linadi. Tashqi omillarga - qator kimyoviy, mexanik va termik zararlanishlarni kiritish mumkin. Ichki omillar sirasiga esa oshqozon-ichak tizimi patologiyasi, jigar, bo‘yrak, endokrin yoki asab kasalliklarini keltirish mumkin.

Atopik dermatit (AtD) — turli toshmalar, terining qichishi va immun (himoya) qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan, irsiy moyillikka ega surunkali xastalik hisoblanadi. Atopiya bilan, turli manbalarga ko‘ra,  aholining 3-15% og‘riydi. AtDning bolalar orasida uchrashi 5-20%, kattalar orasida esa — 2-10%, yirik (sanoat rivojlangan) shaharlarda AtD xastaligi ko‘proq ro‘yxatga olinadi. 

Joyi va kelib chiqish faktorlariga ko‘ra atopik dermatit bilan kasallanishning  bir necha xil formalari bo‘ladi. Ular orasida mikrobli ekzema, haqiqiy ekzema, yuz ekzemasi, nam va quruq ekzema formalarini aytish mumkin. 

Terining qichishi, qurushqoqlik va toshmalar. Bu nimaning alomati?

Terining qurushqoqligi, qichishi va toshmalar toshishi ekzemaning asosiy belgilari hisoblanadi. Mazkur alomatlar darajasini aniqlashning bir qancha test sinovlari mavjud. 

Ular darajasini aniqlash  uchun quyidagi testlardan o‘ting: toshmalar – qichishish– SCORAD shkalasi, umumiy holat – Hayot sifatining dermatologik indeksi.

O‘zingiz yoki yaqinlaringizda  ekzema kasalligi kuzatiladigan bo‘lsa, uni davolash jarayonini hech qachon esdan chiqarmasligingiz aniq. Ammo atopik dermatitni tizimli davolash dasturlari mazkur noxush xastalikdan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi. SHifokor atopik dermatit tashxisini qo‘yadigan bo‘lsa, davolash mahalliy glyukokortikoidlar, antigistamin vositalar qabul qilinishini nazarda tutadi. Kasallikning o‘tkir holatlarida esa antibakterial terapiya qo‘llanadi.

Kasallik profilaktikasi va asoratlar qolmasligi uchun kompleks profilaktika o‘tkaziladi. Asosiy mammo – terining qurushqoqligi, shuningdek, yuz terisining qurib qolishi hisoblanadi. Terining himoyalanish xususiyatini oshirish – muvaffaqiyatli terapiya garovi bo‘lib, davolovchi dermatolog-shifokor aynan shunga e’tibor qaratadi. Terini parvarishlash uchun maxsus kosmetika vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan faqat quruq ekzema paydo bo‘lganda foydalanilmaydi. Bular tarkibida davolovchi komponentlar saqlovchi malhamlar, maz va kremlar bo‘lishi mumkin. Kasallik profilaktikasi uchun taomnomadan allergiya chaqiruvchi oziq-ovqatlar chiqarib tashlanadi, ya’ni «eliminatsion parhez» buyuriladi.

Teri infeksiyai profilaktikasida uning qurib qolish holatiga  alohida e’tibor qaratish lozim. Immunitetni mustahkamlash orqali ichaklar mikroflorasi va teri automikroflorasini me’yorga solish, teri va umuman organizmning himoyalanish xususiyatini oshirish kerak. Bularga parallel ravishda oshqozon-ichak tizimidagi buzilishlarni davolash ham lozim. Bu muvaffaqiyatli terapiya garovi hisoblanadi va dermatolog kasallik sababini o‘rganish chog‘ida bunga alohida e’tibor beradi.

Davolashda, albatta, detoksikatsiya (entersorbatsiya)  metodi va ichaklardagi foydali mikroflorani qayta tiklashni rag‘batlantiruvchi vositalar qo‘llanishini  ham unutmang.

Organizmga allergenlarning kirishi uchun eng nozik joy ichaklarning shilliq pardasi hisoblanadi. SHuning uchun ham ovqat hazm qilish tizimining buzilishi va disbakterioz mahali  shilliq pardaga zarar etishi allergenlarning organizmga haddan ziyod kirishi va uzoq muddatga organizm normal holatini izdan chiqarishi mumkin. Atopik dermatitning kompleks davosi albatta ichaklar disbakteriozini davolashni ham e’tibordan soqit qilmaydi va bu organizmga allergenlar kirib, kasallik zo‘rayib ketishining oldini olishga xizmat qiladi.

Ekzemaning boshlang‘ich davrida davolash detoksikatsiya (entersorbsiya) usulini va buning uchuni chaklar foydali mikroflorasini tiklash hamda rivojlantirishga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llashni ham nazarda tutadi.

Enterosorbsiya — detkotsikatsiyaning samarali usuli bo‘lib, bunda organizmdan turli allergenlar, toksin, kasallik chaqiruvchi bakteriya va mahsulotlarni chiqarish demak.

Ekzemaga uchraganda   uni qanday davolash, qaysi sorbentni tanlash kerak? Uning oldiga qanday talablar qo‘yiladi? Sorbent avvalo, samarali va bexatar bo‘lishi lozim. Bugungi kunda lignin ana Shunday ham samarali va yuqori sifatli sorbentlardan hisoblanadi.

Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mazkur ozuqaviy tolalar, daraxtni qayta ishlashdan (gidroliz usuli) hosil bo‘alidagn universal vosita hisoblanadi. Ligninning universalligi – past molekulyar va yuqori molekulyar birikmalarni birdek organizmdan chiqarishida. Kelib chiqishidan qat’iy nazar turli intoksikatsiya, zaharlanishlarda samarali foyda beradi.

Ekzemani nima bilan davolash samaraliroq, degan savol qo‘yilganda, Laktofiltrum preparatida to‘xtagan ma’qul.

Uning tarkibida, yuqorida aytganimiz lignin majud. 

Laktofiltrum tarkibida Lignin

  • ninabargli daraxt navlaridan jahon sifat talablariga asosan ishlab chiqariladi;
  • faol ko‘mirdan 2500 marta samaraliroq * (*E.coli sorbatsiyasi darajasi bo‘yicha);
  • oshqozon ichak tizimini yallig‘lantirmaydi;
  • uzoq muddat qabul qilish mumkin.

Ilmiy tadqiqotlar Ligninning immunotrop, shamollash va viruslarga qarshi ta’sirining borligini ham tasdiqlaydi.

Lignin organizmni toksin va allergenlardan tozalaganidan keyin, prebiotiklar ko‘magida mikroflora balansini tiklash zarur. Prebiotiklar ozuqaviy muhit yaratish, inson organizmi o‘z normoflorasini ishlab chiqishi va shaxsiy foydali bakteriyalari rivojlanishini rag‘batlantiradi. 

Laktuloza eng ma’lum va mashxur prebiotiklardan biri sanaladi. Polisintetik disaxarid. Laktuloza 50 yildan buyon tibbiyotda biqido – va laktobakteriyalar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi sifatida qo‘llanadi.

Laktofiltrumning noyob va samaradorligi tarkibidagi komponentlarning mushtarak ta’siri bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lignin tarkibida prebiotik ham bo‘lib, preparat ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Laktofiltrum turli yoshdagi (1 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari) bemorlar terisi allergopatologiyasi terapiyasida qo‘llanilishi mumkin.

Ekzemada Laktofiltrum toksinlarni biriktirish, ichaklar mikroflorasi balansini tiklash, infeksion asoratlar profilaktikasida yaxshi samara beradi.

LAKTOFILTRUM®  Allergodermatoz (atopik dermatit, eshakemi) kompleks davolashda qo‘llanilishi:

Tabletkalar dozasi:

  • 1 dan 3 yoshgacha, kuniga 3 mahal yarimtadan tabletka;
  • 3 dan 7 yoshgacha, kuniga 3 mahal 1 tadan tabletka;
  • 7 dan 12 yoshgacha, kuniga 3 mahal 1-2 tadan tabletka;
  • 12 dan katta yosh, kuniga 3 mahal 2 tabletkadan.
Sashe-xaltacha dozasi:
  • 1 dan 3 yoshgacha, 1/2 xaltacha kuniga 3 mahal;
  • 3 dan 7 yoshgacha,1 sashe-xaltacha kuniga 2 mahal;
  • 7 dan 11 yoshgacha, 1 sashe-xaltacha kuniga 3 mahal;
  • 11 dan katta yosh, 2 sashe-xaltacha kuniga 3 mahal.

Sashe-xaltachadagi vositani 50-100 ml iliq suvda gomogen suspenziya hosil bo‘lguniga qadar eriting. LAKTOFILTRUM®ni ovqatga qadar 1 soat yoki ovqatdan keyin 1,5 soat o‘tkazib ichga qabul qilish tavsiya etiladi. Davolanish kursi kasallikning og‘ir-engilligi va bemorning umumiy holatidan keylib chiqib belgilanadi. Qabul qilish kursi: 10-14 kun (foydalanish yo‘riqnomasiga qarang).

Atopik dermatitda LAKTOFILTRUM®:

  • Allergen va toksinlar sorbsiyasi;
  • Ichaklardagi mikroflora balansini tiklash orqali immunitetni mustahkamlash;
  • Teri mikroflorasini normallashtirish orqali infeksion asoratlar profilaktikasida yordam beradi.
Turli toshmalar, achishish va terining qurushqoqligi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga uchrash lozim. Dietolog mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilinishi kasallik asoratlariga uchramaslik va davolash samaradorligini oshirishda yordam beradi.