Teri disbakteriozi

Teri disbakteriozi

Disbakterioz nima? Disbakterioz (aniqroq aytganda, disbioz) deb mikroflora balansining buzilishiga aytiladi. Bu mustaqil kasallik turi emas, balki qator xastaliklar patalogiyasida ko‘rinish beradigan alomat hisoblanadi.  Biroq bu har qanday yoshdagilar uchun jiddiy muammo ekani faktini inkor qilmaydi. Disbakterioz aksariyat hollarda bolalarda ko‘proq kuzatiladi.

Disbakterioz alomatlari oshqozon va ichaklardagi muammolardagi singari aniq-ravshan emas va u teridagi turli muammolar sababchisi bo‘lishi mumkin. Terimiz – butun boshli ekotizim, mikroblar florasi va emidermisning dag‘allashgan hujayralaridir. Teri autmikroflorasi ichaklar mikroflorasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, teri qatlamimiz himoya xususiyatlariga ta’sir qiladi.

Teri disbakteriozida patogen va foydali mikroorganizmlar mutanosibligiga putur etadi, tillarang stafilokokklar va boshqa turdagi kasallik chaqiruvchi bakteriyalar soni ortadi. Ilk bosqichda, jiddiy muammolar boshlanmasidan turib, masalan yallig‘lanish, toshmalar paydo bo‘lish jarayonida, mikroblar disbalansini aniqlash mumkin. Bunda teri qurushqoqligi ortadi, teri ko‘chadi va turli ko‘rinishdagi qabarishlar kuzatiladi.

Disbakterioz va uni davolash teri automikroflorasi (TAMF) holatini nazarda tutadi. TAMF – teringiz yuzasida yashovchi bakteriyalarning noyob to‘plamidir. Terining 1 kvadrat santimetrida 10 mingdan 1 millionga qadar bakteriya hujayralari bo‘lishi mumkin. Disbakterioz muolajasida normal TAMFni tiklash, patogen (kasallik chaqiruvchi) bakteriyalarni bostirishga oid choralar ko‘riladi.

Kattalarda disbakterioz, teri disbakteriozi haqida so‘z boradigan bo‘lsa, uning bir qadar keng tarqalgani bilan e’tiborga molik. Dermatologiya instituti kafedrasi o‘tkazgan tadqiqotda unda ishtirok etgan sog‘lom ayollarning 30% dan ko‘prog‘ida teri mikroflorasida buzilish aniqlangan. Mabodo, teringizning tez-tez yallig‘lanishini kuzatsangiz, zudlik bilan ko‘rikdan o‘tib, tashxisni aniqlash kerak. Disbakterioz qanchalik vaqtli aniqlanib, davolanish boshlansa, uning surunkali shaklga o‘tib ketishining oldi olinadi.

Mazkur kasallikning asosiy muammolaridan biri aynan sezilmasdan boshlanishidir. Ichaklardagi disbakterioz shubhasiz, bemor terisining holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, zero teri inson organizmi salomatligining o‘ziga xos oynasi hisoblanadi. Ichaklar mikroflorasi balansining buzilishi boshqa organlar mikroflorasi tarkibida aks etadi: shilliq pardalar, teri (teri disbakteriozi), ayollar jinsiy organi (ginekologik disbakterioz). Demak, kelib chiqish sabablari turli bo‘lgan disbakterioz, umumiy organizm holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Sizda disbakterioz paydo bo‘lsa, oxirgi payt qabul qilgan dorilaringiz bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan antibiotiklarni pala-partish qabul qilish ichaklar mikroflorasining buzilishida ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi.

Disbakterioz kasalligi paydo bo‘lganida uni qanday, nima bilan davolash kerak, degan savol kun tartibiga chiqadi. Asosiysi: bu xastalikni davolash mumkin va shart ekanini bemor bilmog‘i lozim. Mikrofloranining boshqacha buzilishlarida bo‘lgani singari, ichaklar disbakteriozini davolash kompleks yondoshuvni talab etadi: toksin va boshqa patogen bakteriyalarni chiqarish hamda ichaklar normal mikroflorasini tiklash.

Disbakteriozni samarali davolash uchun davolash kursiga kiradigan preparatlar prebiotiklar va sorbentlar saqlashi lozim. LAKTOFILTRUM®  ana Shunday preparat hisoblanadi. 

Bolalarda disbakterioz

Disbakterioz bolalarda ancha ko‘p tarqalgan holat bo‘lib, bunga noto‘g‘ri ovqatlanish asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Bolani vaqtli ko‘krakdan ajratish, onaning bolani ovqatlantirish balansiga e’tiborsizligi, bola organizmi o‘rganmagan yoki hali moslanmagan sun’iy ozuqalarga betartib o‘tish, antibiotiklar qabul qilish, laktozani hazm qilishdagi muammolar, kuchsizlangan immunitet,  u yoki bu ovqatga allergik reaksiya, kabilar bolalarda disbakterioz yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolada disbakterioz kuzatilgan mahal shifokor yozib beradigan dori-darmonlar kattalarni davolashda qo‘llaniladiganidan unchalik katta farq qilmaydi. Ammo alohida e’tiborni ovqatlanishni me’yorga solishga qaratish, davolashni samaraliroq bo‘lishini ta’minlash barobarida, qaytalanmaslikdan ham kafolatlashi mumkin. 

Manba:
*V.A.Molochkov, M.F. Vladimirskiy nomli MONIKI, I.M. Sechenov nomli FPPOV MMA «Laktofiltrum kak faktor povыsheniya bakteritsidnoy funksii koji», Effektivnaya farmakoterapiya v dermatologii, №1, aprel 2010g., Moskva. * - Dermatologiya instituti kafedrasi tadqiqotlari.