Allergen va toksinlar sorbsiyasi (organizmdan ularni chiqarish usuli)

1159

Keyingi paytlarda ko‘plab kishilarning shifokorlarga allergiya alomatlari bilan murojaat qilishidek, anchayin noxush holat tez-tez kuzatilmoqda.  Ochig‘i, bunga hayron bo‘lmaslik ham kerak, negaki, ekologiya kun sayin yomonlashmoqda, oziq-ovqatlar va ichimlik suvining sifati pasayib ketmoqda. Inson immuniteti esa mazkur o‘zgarishlarga dosh bera olmayapti. Organizm turli xiltlarga to‘lib, ulardan mustaqil xalos bo‘la olmayapti. Mazkur salbiy holatlarga yana muntazam stressli shiddatli hayot tarzi, tezpishar taomlarga mukkasidan ketish singari omillarni qo‘shadigan bo‘lsak – allergiyaning turli ko‘rinishdagilari uchun yaxshigina asos paydo bo‘lganini kuzatishimiz  mumkin.

Umuman aytganda esa, favqulodda allergiya  - tashqi omillar, organizmga havo, yegulik, suv orqali tushgan qaysi bir allergiya chaqiruvchiga qarshi immunitetning javobi hisoblanadi. Xastalikning dermatit deb nomlanuvchi ba’zi shakllari fizik, kimyoviy yoki biologik allergen bilan to‘qnashuvi asnosida paydo bo‘ladi.

Terimizning dermatitga yo‘liqqanini terining qizarish, pufakchalar paydo bo‘lishi, qichishish va zararlangan teri qismining qizishi orqali bilib olishimiz mumkin.

Afsuski, dermatit bilan  zararlangan teri qisminigina davolash ikki omil sababli samarali emas: birinchidan, kasallik qaytalnmasligiga kafolatning yo‘qligi bo‘lsa, ikkinchidan, xiltga to‘lgan organizmning boshqa, yangi moddalarga qarshi navbatdagi reaksiya bilan javob berishi mumkinligi. Shuning uchun ham organizmni kompleks  tozalash, allergen va toksinlar sorbsiyasi* yagona samarali  davolash ususli hisoblanadi.  Bunda modda almashinuvi yaxshilanib, immun tizimining himoya funksiyasi bir muncha oshadi va natijada allergiya sekin-asta chekinishga majbur bo‘ladi. Toza organizm har qanday allergiya chaqiruvchilar xurujiga neytral reaksiya bildiradi, aksariyat hollarda esa ularga mutlaqo e’tibor bermaydi.

Bugungi kunda detoksikatsiyaning entersorbsiya**dan tortib plazmaferez*** singari ko‘plab usullari bo‘lib, asosiysi, aynan o‘zingizga mos organizmni tozalash rejasini tuzib bera oladigan bilimli allergolokga murojaat qilish. Ammo hozirdanoq Laktofiltrum® qabul qilishni boshlash orqali organizmingizga ko‘mak berishingiz mumkin. Tarkibidagi lignin sorbenti tufayli preparat ichaklarni xiltlar va allergenlardan ehtiyotkorlik bilan tozalaydi, toksinlarni chiqaradi. Odatda, ortiqcha moddalardan organizmni tozalash uchun bir kursning o‘zi yetarli. Laktofiltrum®ning ichaklar tabiiy faoliyatini tiklab, ularni foydali bakteriyalar bilan boyitishda ko‘maklashuvchi tabiiy laktuloza prebiotiki immunitetingizni qo‘llab-quvvatlashi hamda odatiy ovqatlanish rejimiga oson moslashib, kundalik turmush tarziga mutlaqo salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bilan ahamiyatli.

Laktofiltrum®, sog‘lom ichaklar – maftunkor teri!

*  Sorbsiya – bir moddaning ikkinchisini shimib olishidir.

** Enterosorbsiya – toksinlarni chiqarish maqsadida oshqozon-ichak tizimiga sorbentlar kiritish.

*** Plazmaferez – qonni olib tozalash va uni organizmga qayta quyish.

Testdan o‘tish
ORTGA