Teri allergiyasini davolash (terapiyasi)

12268

Teri qatlami allergopatologiyasi (teri allergiyasi kasalligi), asosan, bolalarda uchraydi va turli ko‘rinishda kechadi. Bular: terining qizarishi, qichishish, terining qurishi, shuningdek, unda  pufakchalarning paydo bo‘lishi va shishishi, kabilar. Teri allergiyasi kattalarda ham tez-tez kuzatiladi. Bunga:  allergik reaksiya chaqiruvchi mahsulotlarni iste’mol qilish, tashqi muhit bilan aloqa  (hayvonlar), havo (nafas olish tizimi orqali organizmga tushadigan chang, infeksion kasalliklar) kabi tashqi va ichki omillar sabab bo‘ladi. Mazkur allergik reaksiyalar teriga qisqa muddatli va surunkali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, vaqtida muolaja choralarini ko‘rish foydadan xoli bo‘lmaydi, zero teri tashqi ko‘rinishining o‘zgarishi doimiy yoqimsiz holatga sabab bo‘lish barobarida, uning butkul buzilishiga olib kelishi ehtimoldan yiroq emas.

 Teri qurishqoqligining oldini olish uchun shifokorlar allergiya paydo bo‘lgani zahoti, birinchi navbatda, ushbu salbiy holatga sabab bo‘ladigan mahsulotlar iste’molini cheklaydi. Terini tezroq davolash va alomatlarini kamaytirish uchun turli surtma malhamlar, kremlar va mahalliy muolajalar tavsiya etiladi. Allergiyaning keyinchalik yuzaga kelmasligi uchun esa allergiya chaqiruvchi mahsulotlarni taomnomadan chiqarish, me’yorda uxlab dam olish, to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena va parhez qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Shu bilan birga, umumiy immunitet, jumladan, organizmga infeksiyalarning eng oson kirish yo‘li – ichaklar immunitetini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim.

 Birinchi navbatda, ichaklarning turli xiltlardan tozalanishi lozim bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zining mikroflorasini tiklashi ahamiyatga ega.  Mazkur holatda esa sizga Laktofiltrum® preparati yaqin ko‘makchi bo‘lishi mumkin. Preparatning noyob xususiyati shundaki, u har ikkala muammoda yordam bera oladi. Laktofiltrum® tarkibidagi tabiiy “tozalovchi” faol, bexatar lignin sorbenti ichaklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli mahsulotlarni bog‘lab, chiqaradi. Keyingi bosqich jarayonga Laktofiltrum® tarkibidagi Laktuloza prebiotiki qo‘shiladi va ichaklarning normal rejimda ishlashini ta’minlab, tabiiy mikroflorasini tiklashga ko‘maklashadi. Shunday qilib, Laktofiltrum® preparati allergik xastaliklar oqibatida yuzaga keladigan noxush asoratlarni tezroq bartaraf etishda eng yaqin ko‘makchi!

Sog‘lom ichaklar – maftunkor teri! 

Testdan o‘tish
ORTGA