Allergiya

Allergiya

9885

Allergiya — hozirgi zamonda eng ko‘p tarqalgan xastaliklardan biri hisoblanadi. Bu haqiqatan XXI asr kasalligi. Ekologik vaziyatning Yomonlashuvi, noto‘g‘ri ovqatlanish, antibiotiklarning nazoratsiz qo‘llanilishi, noo‘rin dorivor terapiya, ortiqcha stresslar, kam harakatlilik, iqlim o‘zgarishi – mazkur omillarning barchasi organizmning allergenlar ta’siriga tushishn ehtimolini kuchaytiradi. 

Allergiya nima o‘zi?

Allergiya — giperta’sirchanlik, organizmning ma’lum allergenlar ta’siriga o‘zgargan reaksiyasidir. Bu immun tizimimiz beozorgina moddalarga favqulodda shiddatli reaksiya ko‘rsatadi i organizmga zarar yetkazmaydigan allergenlardan juda qattiq himoyalana boshlaydi. Odatda allergik reaksiyalar tezda namoyon bo‘ladi va qichishish, teri yuzasining qizarish kabi o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Xuddi Shunday reaksiyalar, qizarish, achishish, shishlarning paydo bo‘lish holati nafas yo‘llarida ham sodir bo‘lishi, bu hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. 

Nimalar allergenga aylanishi mumkin?

Amalda, atrofimizdagi istalgan narsa, buyum, predmet allergenga aylanishi mumkin: quyosh, mushuk, gullar changgi, sevimli taom, uydagi chang, sovuq, kosmetika, dorilar va h.k. Bu ro‘yxatni esa cheksiz davom ettirish mumkin. Allergiya rivojlanishida asosiy omil irsiyat ekani ma’lum. Ota-onadan bittasi allergiya bilan og‘risa, bolada allergiya rivojlanish ehtimoli 30-40%, ham ota, ham ona allergik bo‘ladigan holatda bolaning bu kasallikka chalinish ehtimoli 70-75% tashkil etar ekan. 

Allergiya turlari

Atopik dermatit

Bu terining surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, yaqqol namoyon bo‘ladigan qichishish, surunkali qaytalanish bilan xarakterlanadi. 

Allergik  rinit

Bu kasallikning xarakterli jihati – burun oqishi (burundan suv oqib turishi), nafas olishning qiyinlashishi, aksa, burun sohasida qichish, hid bilish xususiyatning pasayishi.

Allergik kon’yunktivit

Asosiy alomatlari: ko‘zlar sohasida qichish, ko‘zlarga qum sepilgandek hislarning paydo bo‘lishi, yoshlanish, yorug‘likka chidamssizlik, ko‘zlarning achishi, qovoqlarning qizarishi va shishishi.

Pollinoz

Lotincha «pollen» — chang so‘zidan olingan bo‘lib, kasallikka o‘simliklar changgi sabab bo‘ladi. Bir zamonlar kasallik rivojlanishiga pichan sabab bo‘ladi deya, pollinozni pichan vabosi deb ham atashgan.

Eshakemi (krapivnitsa)

Terida turli o‘lchamdagi shishchalar  paydo bo‘ladi. Ular qichitqi o‘tining terini kuydirib qizartirishiga o‘xshaydi va qichishish bilan namoyon bo‘ladi.

Oziq-ovqat allergiyasi

Boshqa ko‘pchilikka ta’sir qilmaydigan ma’lum oziq-ovqat mahsulotlari iste’molidan keyin sodir bo‘ladi.

Atopik dermatit (AD)

Atopik dermatit (AtD) — bu surunkali davom etuvchi, irsiy moyillikka ega, teriga toshma toshishi va uning qattiq qichishi, teri himoya funksiyasi pasayishi bilan yuz beruvchi kasallikdir. Turli ma’lumotlarga ko‘ra aholining 3-15% atopiya xastaligiga chalinadi. Bolalar orasida AtDning tarqalishi 5-20%ni, kattalar orasida 2-10%ni tashkil qiladi, AtD bilan xastalanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari urbanizatsiyalashgan (yirik shahar va sanoatlashgan) xududlarda kuzatiladi. Kasallanishning xavfli omillaridan biri oshqozon-ichak yo‘li patologiyasi, ayniqsa, ichak disbiozi bo‘lib, atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarning 80-90%da bu kasallik aniqlangan. Mutaxassislar disbiozning belgilari darajasi bilan AtDning teridagi klinik belgilarining og‘irlik darajasi bog‘liq ekanligini aniqlaganlar.

Asosiy belgilari: terining qichishi va quruqligi, toshmalar. 

Mazkur belgilar ifodalanish darajasini aniqlash:

Atopik dermatit kechishi davri (bosqichlari)

  • 1 – bosqichda yuz, dumba, qo‘l va oyoqlarda toshmalar kuzatiladi. Jarayon kuchli va og‘riqli qichishish bilan o‘tadi.
  • 2 – bosqichda terining zararlangan qismlari sekin asta quriy boshlaydi, terining to‘kilishi kuzatiladi, qichishish kamayadi.
  • Sog‘ayish bosqichi boshlanmasa, kasallik 3 – bosqich – kattalar davriga o‘tadi. Bu davrda oyoq va qo‘llarning bukiladigan (qo‘l tirsagi va tizza, to‘piq) qismlari, bo‘yin va ko‘krakda lixenifikatsiya (terining dag‘allashuv bosqichi) holati kuzatiladi. 

Bolalarda allergiya rivojlanish ehtimollari

Allergiya rivojlanish ehtimollari sirasida irsiy moyillik asosiy rol o‘ynaydi. Ota-onadan biri allergiya bilan og‘risa bolada allergiya rivojlanishi 30-40, ham ota, ham onada allergiya bo‘lsa, bolada kasallik rivojlanishi ehtimoli 70-75% ga qadar ortadi.

ORTGA