Allergik reaksiyalar sayyoramiz aholisini yildan yilga ko‘proq bezovta qilayapti. Har ikkinchi kishida u yoki bu moddaga nisbatan ortiqcha rektsiya kuzatilmoqda va bu holat insonlar hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Allergiyaning asosiy alomatlari:
Aytilgan alomatlar organizmga allergen – (ovqat, aerozol va boshqa allergenlar bo‘lishi mumkin) ta’sir qilganidan so‘ng namoyon bo‘ladi. Ular bilan aloqaga barham berilmasa, alomatlar zo‘rayib, hayot uchun xavf tug‘ilishi hech gap emas.
Allergik reaksiyalar ayniqsa, emizikli bolalarda qattiq ko‘rinish beradi. Go‘dak organizmi ularga qarshi etarlicha kurasha olmaydi, oshqozon-ichak tizimiga tushgan allergen zum o‘tmay qonga so‘rilishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar bolaning nima yeb, nima ichishini qattiq nazorat ostiga olishi shart va ularning atrof-muhitga ta’sirchanligini muntazam kuzatib borishlari kerak.
Sorbentlarning allergiya mahali ta’siri
Sorbent* guruhli preparatlar va allergiyaga qarshi preparatlarni navbati bilan qabul qilish yaxshiroq natija berishi mumkin. Allergiya organizmda nobop moddalarning to‘planishi oqibatida paydo bo‘ladi, shuning uchun, sorbentlarni aynan mana shu moddalarni chiqarib yuborish maqsadida qabul qilgan ma’qulroq.
Laktofiltrum allergiyada samarali preparatlardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi “Lignin**” deb nomlanadigan tabiiy asosli modda kuchli adsorblash xususiyatiga ega.
Laktofiltrum bilan davolash kursi nobop moddalarni organizmdan chiqarish va ichaklar florasini normallashtirish hisobiga allergiyani tezroq bartaraf etishi, toshmalar va teridagi qichishni kamaytiradi.
Qonga so‘rilmasligi – entersorbentning muhim xususiyati bo‘lib, dori vositalariga ta’sirchan kishilarda aksta’sir ehtimoli juda kam. Dori vositasining xavfsizligi allergiyani kompleks davolash jarayonida muhim ahamiyatga ega, zero bunday paytda organizm turli dardlarga ancha ta’sirchan bo‘lib qoladi. Sorbentning oshqozon-ichak tizimidan barcha toksinlar va zaharli moddalar, shuning barobarida, dori vositalarini ham chiqarib yuborishini unutmang va shu bois, preparatlarni alohida-alohida qabul qilng (kamida bir soat oralig‘ida).
Lignin organizmni toksinlardan tozalaganidan keyin, albatta prebiotiklar yordamida mikroflora balansini tiklash shart.
Prebiotiklar inson organizmida normflora va foydali bakteriyalar rivojlanishi uchun ozuqa muhitini yaratadi.
Yarimsintetik disaxarid Laktuloza*** prebiotigi ana shundatsy xususiyatlari bilan ma’lum. Laktuloza mana 50 yildirki tibbiyotda bifido- va laktobakteriyalar rivojlanishini rag‘batlantirishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanadi .
Muhim: Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
*Sorbent – turli strukturali dori vositalari, ekzo- va endogen moddalarni bog‘lab, ular yordamida organizmdan zararli moddalar, bakteriyalar, toksin va zaharlarni chiqarishda qo‘llanadigan entersorbentlar.
**Lignin – organizmdan toksinlar, kasallik chaqiruvchi bakteriyalar, allergen va shlaklarni bog‘lab chiqaruvchi tabiiy sorbent.
***Laktuloza – yarimsintetik polisaxarid, inson organizmida parchalanmaydi va hazm bo‘lmaydi. Laktuloza – prebiotik “foydali bakteriyalar uchun ozuqa”