Bolalar organizmi himoya tizimi rivojlangan kattalarnikiga qaraganda bir necha baravar turli xildagi noxush omillfr ta’siriga moyilligi bilan ajralib turadi. Shu bois ham ota-onalar tez-tez bola organizmiga tushgan zararli moddalar oqibatidagi intoksikatsiya va yoki boshqa noxush holatlarga duch keladi. Ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin, zero barcha dori vositalari ham mazkur muammolarni bexatar bartaraf etavermaydi. Shuning uchun ham, davolash usullariga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarur.
Bola organizmning quyidagi o‘ziga xosliklari sababli preparat kutilmagan ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Bola organizmiga tushgan zig‘irdek begona modda sezilarli darajada noxush asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar yoqmagan ozroqqina ovqat ta’sirida oziq-ovqat diatezidan aziyat chekadi. Bunday reaksiyaning asosiy belgisi – teridagi toshmalar. Ba’zan, ich buzilishi bunga qo‘shilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ota-onalar befarq bo‘lmasdan, tezda chora ko‘rishlari, patologik sindrom o‘chog‘ini bartaraf etishlari maqsadga muvofiq.
Preparatlarning xavfsizligi va samaradorligi.
Boladagi har qanday intoksikatsiyaning majmuaviy terapiyasiga qo‘llash yo‘riqnomasida bolalarga qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan, sinalgan preparatlar kiritilishi lozim. Imkon qadar, o‘zboshimchalik bilan davolamasdan, bolalar shifokoriga murojaat qilish shart va mutaxassisdan xatarsiz davolash terapiya kursi tavsiyasini olish kerak. Unga albatta sorbentlar guruhi kiritiladi.
Samarador Laktofiltrum preparati tarkibini tabiiy asosli kuchli entersorbent va ichaklar mikroflorasini tiklovchi immunomodulyator tashkil etadi. Bola uchun dori vositasi tarkibidagi har ikkala komponent muhim bo‘lib, 1 yoshdan oshgan bolalarni davolashda undan faol foydalaniladi.
Muhim: Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Sorbentlar qonga so‘rilmasdan, ichaklarning o‘zidagina ta’sir ko‘rsatgani sababli, bolalar oshqozon-ichak tizimi buzilgan mahal davolashda ular to‘liq bexatar hisoblanadi. Sog‘ayish zararli moddalarni bog‘lab, organizmdan chiqarish hisobiga sodir bo‘ladi va u patologiya alomatlarining tezroq bartaraf etilishiga olib keladi. Bolalarda: sog‘lom ichaklar – go‘zal teri prinsipi yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, emizikli, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga beriladigan dori miqdorining turlicha va kattalar qaubl qiladiganga qaraganda ancha kamroq ekanini unutmang.