Eshakyemiga qarshi Laktofiltrum

1910

Eshakyemi fizik, kimyoviy, biologik singari tashqi ta’sirlarga organizmning haddan oshiq reaksiyasidir. Qattiq sovub ketish, ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilish, hatto hasharotlarning chaqishi mazkur patologik sindromga sabab bo‘lishi mumkin. Eshakyemi mustaqil kasallik yoki aksariyat hollarda kelib chiqishi allergik kasallik bo‘lgan qandaydir boshqa kasallikning qismi bo‘lishi mumkin.

Eshakyemida badanni ichiga rangsiz suyuqlik to‘plangan pufakli toshma qoplaydi. Toshma shishib, doimiy qattiq qichish bilan kechadi va uni bartaraf etish nihoyatda mushkul. Eshakyemi tananing ma’lum qismida toshishi ham yoki butun tanada paydo bo‘lishi ham mumkin.

Eshakyemiga qarshi kurash o‘ziga xos sistemali va tashqi qo‘llashga oid davolash kompleksini tashkil qiladi.  Ammo, birinchi navbatda eshakyemi sababini aniqlash va uni bartaraf etish lozim. Shuningdek, organizmdan zararlovchi faktorlar komponentlarini qisqa muddatda chiqarish choralarini ko‘rish uchun maxsus dori vositalarini qo‘llash kerak.

Eshakyemini toʻgʻri davolash qoidalari

Eshakyemi terapiyasi quyidagi davolash terapiyasini o‘z ichiga oladi:

Antigistamin vositalar (giperfaollikning bosh bo‘g‘imlarini bloklab, muammo mexanizmiga ta’sir ko‘rsatadi);

Surish uchun malham va krmelar (antigistamin va gormonal komponentli vositalar alomatlarini bartaraf etadi);

Gormonal preparatlar (markazlashgan holda organizm reaktsyaisini bostiradi, o‘tkir holatlarda qo‘llanadi).

Shu bilan birga organizmda toksik moddalarning mavjudligi toshmalarga sabab ekanini unutmang. Oshqozon-ichak tizimi, jigar va buyraklar zararli, zaharli moddalarni vaqtida neytrallashtira olmagani sababli, eshakyemini davolash cho‘zilib, murakkablashadi. Mazkur zaharli moddalarni organizmdan kuchli entersorbent hisoblanadigan Laktofiltrum yordamida chiqarish mumkin.

Muhim: Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

YO‘RIQNOMANI KO‘CHIRIB OLISH

Mazkur dori vositasining eshakyemini davolashdagi prinsipi – nafaqat kasallikning kelib chiqish faktorlarini, balki toshmalarga sabab bo‘ladigan immun tizimi mahsulotlarini kamaytirib, muammoning rivojlanish (patogenez) bosqichlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dorining tabiiy komponentlari oshqozon-ichak tizimidagi nobop moddalarni o‘ziga shimib olish orqali, tabiiy yo‘l bilan organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi. Toshmalar, qichishish va shish davolash boshlangani zahoti kamayishini kuzatish mumkin. Mazkur sorbentlar davolash kursiga qo‘shilganidan keyin, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini normallashtiradi. Uning Eshakyemini bartarf etishdagi roli ana shunday muhim. Zero bejizga: sog‘lom ichaklar – sog‘lom teri, deb aytishmaydi!

Alomatlarga ko‘ra testdan o‘tish

ORTGA