Terining go‘zalligi va sog‘lomligi – hayotdan umumiy mamnunlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishimizdan ko‘nglimiz to‘lmayotgan bo‘lsa, ishlarimiz ham yurishmagandek... ob-havo yoqmaydi, shaxsiy turmush ham haminqadar... Ammo g‘alati faktga duch kelmayapmizmi – terimiz muntazam parvarishlansa (har turli kremlar, maska, kosmetolog qabuliga tashrif), uning holati bo‘lsa Yomonlashgandan Yomonlashib borayapti?! Dermatolog-olimlarning fikriga ko‘ra teri holatining Yomonlashishi birinchi navbatda, ichaklar funksiyasining buzilishi va unda organizmning o‘zida paydo bo‘ladigan va tashqi olamdan tushadigan tabiiy toksik shlaklarning to‘planishiga bog‘liq ekan.
Nega terimiz yaxshi emas?
Hayotimizdagi bir talay salbiy omillar salomatligik va inson go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning bir qismi o‘zimizga bog‘liq (alkogol, nikotin, rafinadlangan, sublimatsiyalangan va sintetik mahsulotlar, tibbiy preparatlar va h.k.), boshqa bir qismi esa mutlaqo bizga bog‘liq emas (ekologiya, stresslar va h.k.). Ammo ularning har biri oshqozon-ichak tizimimizga salbiy ta’sir ko‘rsatib, undagi normal mikrofloraning halok bo‘lishi va shartli-patogen floraning rivojlanishiga imkon beradi. Bu esa teri holati salbiy tomonga o‘zgartiradi.
Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtirish va teriga tabiiy go‘zal ko‘rinishni qaytarish uchun nima qilmoq kerak? Buning uchun odatda ikki prepart talab etiladi: sorbent – ortiqcha va toksik moddalarni o‘ziga shimdirib oladigan preparat hamda prebiotik – normal mikrofloraning o‘sish va rivojlanishiga ko‘maklashuvchi preparat. Biroq, Rossiya bozorida allaqachon bir vaqtning o‘zida: probiotik va sorbent saqlovchi Laktofiltrum preparati bor.
Yonoqlar uchun dori
Laktofiltrum – ikki komponentli o‘ziga xos preparat bo‘lib, prebiotik (laktuloza) va sorbent (lignin)dan tashkil topgan. Lignin — yog‘och komponentlarini gidrolizlash usuli orqali hosil bo‘lgan mahsulotlardan olingan, yuqori faol shimish (sorbatsiyalash) va dezintoksikatsion ta’sirga ega tabiiy enterosorbent hisoblanadi. Lignin ichaklardagi patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, og‘ir metallar tuzlari, alkogol, allergenlar, shuningdek, endogen toksikoz rivojlanishiga mas’ul modda almashinuvida ishtirok etadigan ayrim mahsulotlar (bilirubin, xolesterin, mochevina va h.k.)ni biriktirib, organizmdan chiqaradi.
Lignin mutlaqo zaharsiz, ichaklarga so‘rilmaydi va 24 soat davomida butkul chiqib ketadi. Laktofiltrumning ikkinchi komponenti – laktuloza, – sintetik disaxarid, moleklulari galaktoza va fruktoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Laktuloza har qanday prebiotik singari, oshqozon va ichakning yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va gidrolizlanmaydi. Tabletkalardan ajraladigan laktuloza yo‘g‘on ichakda normal mikroflora bilan fermentlashadi, bifidobakteriyalar va laktobatsillalar o‘sishini rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari laktulozaning fermentatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladigan organik kislotalar (sut, sirka va chumoli kislotalari) yo‘g‘on ichakdagi rN muhitini nordon (kislotali) tomonga suradi. Ma’lumki, nordon muhit patogen mikroorganizmlar rivojlanishi bostiradi. Bundan tashqari, laktuloza ichaklar torayib kengayishini rag‘batlantiradi va yo‘g‘on ichakda ortiqcha va toksik moddalar qabziyatining oldini oladi. Laktofiltrum tarkibidagi har ikkala komponent o‘zining noyob sifatlarini yo‘qotmasdan, oshqozon-ichak tizimining yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va zarur bo‘lgan joy – yo‘g‘on ichakdagina bor xislatini namoyon etadi.
Tadqiqotlar
M.F.Vladimirskiy nomidagi MONIKI dermatovenerologiya va dermatoonkologiya teri va tanosil kasalliklari kafedrasi hamda I.M.Sechenov nomidagi FPPOV immunologiya kafedrasida Laktofiltrumning teriga noyob ta’siri ustida tadqiqot o‘tkazilgan. Buning uchun 25 dan 27 yoshgacha (o‘rtacha yosh 25,6) bo‘lgan 30 nafar xotin-qiz ishtirok etgan. Olingan tadqiqot natijalari mazkur preparatni qabul qilmagan nazorat guruhidagi ayollardagi natijalar bilan taqqoslangan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra Laktofiltrum qabul qilgaunga qadar asosiy guruhdagi 9 (27%) ayolda va nazorat guruhidagi 8 (26,6%) nafar ayolda teri automikroflorasi buzilishi kuzatilgan. Bu terining tabiiy qarshilik va kompensatsiya qobiliyati pasayganidan dalolat berardi. 30 kun davomida Laktofiltrum qabul qilingach eksperiment takrorlandi: asosiy guruhdagi 77,7% xotin-qizlarda Staphylococcusaureus koloniyasini tashkil qiluvchi birliklar me’yorlashdi. Nazorat guruhida o‘zgarish bo‘lmadi.
Shunday qilib, ikki tomonlama ta’sirga ega Laktofiltrum preparati (bir tomondan, ichaklarni modda almashuvida ishtirok etadigan va toksik moddalardan tozalovchi samarali va yumshoq sorbent, ikkinchi tomondan yo‘g‘on ichakning buzilgan tabiiy mikroflorasini tiklashga ko‘maklashuvchi prebiotik) nafaqat ichaklar faoliyatini normallashtiruvchi, balki teri holatini ham me’yorga soluvchi favqulodda samarali preparat hisoblanadi. Uning samarasi, hatto terining jiddiy kasalligi hisoblanadigan atopik dermatitga ijobiy ta’siri bilan ham isbotlangan. L.D.Kalyujnaya va boshqa mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, Laktofiltrum o‘rta daraja og‘ir atopik dermatitda (SCORAD indeksi 24 dan 62 birlik) qo‘llanganining ikkinchi kunida dispeptik ko‘rinishlarning bartaraf etilishi, ich kelishining normallashuvi, 10-14 kunlarda esa - patologik jarayonlarning engil shaklga o‘tishi va nojo‘ya hislarning kamayishi kuzatilgan.
Bu qulay
Laktofiltrum qabul qilishda qulay. Gel yoki kukun shaklida emas, hidsiz va ta’msiz, qabul qilish dozasi (miqdori)ni belgilash oson tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. Nojo‘ya ta’siri yo‘q. Tabletka shaklidagi Laktofiltrum kuniga uch mahal ovqatlanish oralig‘ida qabul qilinadi. 7–12 yoshgacha bolalar 1-2 tabletka, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar ovqatlanish paytida 2-3 tabletkadan. Kasallanish darajasiga qarab sutkalik doza oshirilishi mumkin. Preparatni qabul qilishning o‘rtacha muddati muddati – 14 kun.