Normal mikroflora organizm salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Normflora tarkibining son va tur jihatidan o‘zgarishi turli kasalliklar rivojlanishi va subklinik kechadigan xastaliklar fonida ham ro‘y berishi mumkin.
Material teri mikrobiotsenozi patogen vakili bo‘lmish stafilokkokka qarshi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, qo‘shimcha ozuqaviy tolalar manbai (gidrolizli lignin) va prebiotik (laktuloza), teri mikrobiotsenozining asosiy shartli-patogen stafilokokklari tarkiibga dorivor Laktofiltrum preparatining ta’siriga bag‘ishlangan.
Tashqi olam bilan terining muntazam aloqada bo‘lgani bois, teri qatlamidagi mikroblar populyasiyasi va ko‘payishi A vaG klassli immunoglobulinlar, organizmning tabiiy moslashuvchanligi, lizotsim, organik kislotalar va a mikroblarga qarshi boshqa moddalar hamda rN darajasi va teri haroratining nisbatan pastligi bois teridagi mikroblar muntazam o‘zgarishda bo‘ladi.
Terining noodatiy rezistentlikka misoli sifatida stafilokkoklarning immunoprilipan reaksiyasini keltirish mumkin. Uning o‘zgarishi immunoglobulinlar va qonning ivuvchanlik darajasida aksi etishida ko‘rinadi.
Organizm tabiiy rezistentligini baholashda normal mikroflora tarkibi singari teri automikroflorasi oshishi natijsida teri bakteritsid funksiyasining pasayishi ham muhim rol o‘ynaydi. Koagulazonegativ stafillokkoklar haddan ziyod oshishi ham teri normflorasining buzilishga sabab bo‘ladi. Oldinroq ta’kidlaganimizdek, pes (psoriaz), stafilokkok (kasallik o‘chog‘ida aniqlangan inson papillomasi virusi) bilan bir qatorda, kasallangan kishilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, ularning immunokompetent hujayralarni rag‘batlantiruvchi superagent sifatidagi ishtiroki va sitikon reaksiyalarga yo‘l ochishini aniqlaganmiz. Ular o‘z navbatida, keratinotsitlarning proliferatsiyasini kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, stafilokkoklar teri mikrobiotsenozining asosiy shartli-patogen vakillari hisoblanadi va ular tarkibi soni organizm tabiiy rezistentligini baholashda asosiy rol o‘ynaydi.
Keltirilgan misollar teri automikroflorasini o‘z vaqtida korreksiyalash maqsadga muvofiq ekanini isbotlaydi va ular organizm tabiiy qarshilik ko‘rsatish qobiliyati buzilganda profilaktikada foydalanilishi mumkin. Taklif etilayotgan korreksiya usulining nechog‘lik ratsionalligi teridagi mikroblar sonini aniqlash bilan baholanadi.
Laktofiltrum boshqa enterosorbentlarga qaraganda gel yoki kukun ko‘rinishida emas, balki ta’msiz va hidsiz tabletka shaklidaligi bilan ustunlikka ega. Zotan gel va kukun ko‘rinishidagi prepartlar dozasini belgilashda muayyan qiyinchiliklar bo‘lishini e’tibordan qochirmaslik lozim.
L.D. Kalyujnaya va hammualliflarning ma’lumot berishicha Laktofiltrum (3 yoshgacha bolalar kuniga uch mahal yarimta tabletkadan, 3 dan 12 yoshgacha kuniga uch mahal 1 dona tabletkadan, 12 dan 18 yoshgacha kuniga uch mahal 2 dona tabletkadan ovqatgacha 1-1,5 soat oldin ichishi tavsiya etiladi, kurs davomiyligi 10-14 kun) 26 nafar o‘rta darajadagi atopik dermatit (indeks SCORAD 24 dan 62 birlik) bilan og‘rigan bolada o‘tkazilgan monoterapiyada (6 dan 18 yoshgacha) prepart qabul qilishning ikkinchi kunida dispeptik alomatlarning yo‘qolishi va ich kelishining normallashuvi, 10-14 kunga kelib esa – patologik jarayonlarning engil bosqichga ko‘chgani va har bir bemorda noxush hislarning kamayishi kuzatilgan. E’tiborlisi, Laktofiltrum qabul qilish jarayonida bemorlarda hech qanday nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
O‘tkazgan tadqiqotlarimizda 25 dan 27 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar xotin-qiz (o‘rtacha yoshi 25,6) va 30 nafar nazorat guruhi (shu yoshdagi sog‘lom donorlar va ularga mazkur muolaja tatbiq etilmagan) ishtirok etdi.
Tadqiqot materiali sifatida sog‘lom teri qatlami qo‘llanildi. Material bir martalik skarifikator yordamida olindi. Tadqiqot uchun olingan stafilokkok vakillarida tadqiqot “Baktotest” – 10 sm2 sahnli bir martalik plastik mikroidishlar qo‘llash usulida o‘tkazildi.
Tadqiqot guruhidagi xotin-qizlarning sog‘lom terisidan hamda nazorat guruhidagilarning ham o‘ng elka sohasidan namuna olindi. Namunalarda ekish uchun 10% qonli agar BaioMerieyx firmasining Columbia manzilida o‘tkazildi. Applikatsiya muddati 40 soniyani tashkil etdi.
Ekish 37C darajali termostatda 48 soat davomida inkubatsiyalandi. O‘sib chiqqan koloniyalar soni sanaldi va Gramm bo‘yicha bo‘yaldi. Stafilokokklarni identifikatsiyalash uchun za’faron-tuzli agarda ishlab chiqariladigan letsitovitel hisobga olingan holda plazmakoagulazni aniqlash testidan foydalanildi.
YAqqol namoyon bo‘lgan koloniyalar (terining mikroorganizmlar bilan qoplanishi darajasi) soniga ko‘ra tadqiq etilayotgan va nazorat guruhining terisidagi automikroflora darajasi aniqlandi. Jumladan, 4 guruh ajratildi: birinchisi – teri automikroflorasi normal darajada (20 KOE/otpechatokga qadar); ikkinchisi – yuqori (21-100 KOE/otpechatok); uchinchisi – yuqori (100 KOE/otpechatokdan oshiq); to‘rtinchisi – o‘ta yuqori teri automikroflorasi (to‘liq qoplangan). Tadqiqotlar natijasida, Laktofiltrum qo‘llanilgan asosiy guruhdagi 9 nafar (27%) xotin-qiz va 8 nafar (26,6%) nazorat guruhidagi xotin-qizlarda yuqori teri automikroflorasi aniqlandi. ularda teri tabiiy qarshilik qobiliyatining va kompensatsiya imkoniyatlarining pasayishi kuzatildi.
Laktofiltrum qabul qilingandan keyin (ovqatga qadar 1-1,5 soat oldin kuniga uch mahal 2 donadan) 30 kun mobaynida asosiy guruhdagi 9 ayolning 7 nafarida (r< 0,05) sog‘lom teri automikroflorasi korreksiyasi ko‘rsatkichi Staphylococcusaureus koloniya tashkil etuvchi birliklarining normallashuvi kuzatildi. Teri automikroflorasi yuqori darajada asosiy guruhdagi 2 nafar ayoldagina (22,3%) qoldi va muolajaga qadar bo‘lgan sondan sezilarli past ekani ko‘rinib turibdi (r< 0,05). Preparat qabul qilmagan nazorat guruhidagi ayollarda teri automikroflorasi darajasi 1 oy mobaynida o‘zgarishsiz qoldi. Teri automikrflorasi yuqori bo‘lgan asosiy guruhdagi ayollar soni Laktofiltrum qabul qilishga qadar nazorat guruhidagilar bilan solishtirganda tafovutning sezilarli darajada o‘zgarganini ko‘rish mumkin (Laktofiltrum qabul qilgunga qadar – 2 (6,6%) va nazorat guruhida – 8 (26,6%) (r< 0,05) teri automikroflorasi ancha yuqori (shuningdek, Laktofiltrum bilan davolanishga qadar asosiy guruhdagi ayollar o‘rtasida 9 (27%) va davolangandan keyin 2 (6,6%); (r < 0,05).
Olingan ma’lumotlar sog‘lom teri automikroflorasi korreksiyasi ko‘rsatkichi Staphylococcusaureus koloniya tashkil etuvchi birliklarining Laktofiltrum qabul qilgandan keyin normallashuvi (3,8 marotabaga)ni ko‘rsatmoqda.