Laktofiltrumni qanday qabul qilish kerak?

30478

Qator entersorbent vositalar  hamma vaqt va  istalgan yoshda dolzarb ahamiyatga ega (emizikli boladan tortib keksalarga qadar). Biroq, barcha kishilar ham samaradorligi yaxshiroq bo‘lishi uchun ularni qanday qabul qilish lozimligi haqida etarli ma’lumotga ega emas. Dori-darmon bozorida Laktofiltrumning o‘rni beqiyos va u to‘g‘ri qabul qilinganida inson organizmiga o‘zining quyidagi ijobiy ta’sirlari bilan ajralib turadi:

Organizmdan xatarli toksin va bakterial agentlarni chiqarish;

Ichakda foydali bifidobakteriyalar rivojlanishi va disbatkerioz ko‘rinishlarini bartaraf etish;

Alkogol, og‘ir metall tuzlari, turli dori vositalaridan zaharlanishni bartaraf etish;

Ovqat va boshqa allergiyalardan davolash (qichima, atopik dermatit);

Normal modda almashinuvini tiklash (ayniqsa, xastalangan jigarning zararsizlantiruvchi ta’siri kuchi susayib qolganida)

Preparat intoksikatsion sindromning tashqi alomatlarini bartaraf etishga ko‘maklashadi. Ovqat hazm qilish tizimining pastki bo‘limlari holatini yaxshilash – sorbentning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Laktofiltrum qabul qilish yosh va go‘zal ko‘rinishga yordam beradi, zero azaldan ma’lum haqiqat:  sog‘lom ichaklar – go‘zal teri, demak!

Dori vositasini qabul qilish qoidalari

Preparat tabletka ko‘rinishida chiqariladi. Uni ovqatlanishdan bir soat oldin qabul qilish lozim. Sorbent va boshqa dori vositalarini qabul qilish oralig‘i kamida, bir soatni tashkil qilishi kerak, aks holda ular toksinlar bilan birga organizmdan chiqarib tashlanadi. Laktofiltrumni to‘la stakan suv (200-300 ml) bilan ichish tavsiya etiladi.

Tabletkalar kuniga uch mahal: ertalab nonushtadan, tushlik va kechki ovqatdan oldin qabul qilinadi. Kattalar va bolalar qabul qilish miqdori:

12 yoshdan oshgan va katta yoshdagilar 2-3 tabletkadan;

8 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1-2 tabletka;

3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 tabletkadan qabul qiladi;

Emizikli bolalarga tabletkaning yarmi ichiriladi.

Preparatni o‘rtacha 2-3 hafta qabul qilish tavsiya etiladi va kurs organizm holatiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Qabul qilishni davom ettirish tavsiya etilsa, qabul kursini takrorlash ham mumkin. Mazkur sorbent allergiya, ichak kasalliklari, jumladan, psixosomatik xarakterdagi (yallig‘langan ichak sindromi) allergiyalar majmuaviy terapiyasiga kiradi. Biroq, dori preparatlarini alohida qabul qilish qoidalarini unutmaslik lozim, chunki bir paytning o‘zida qabul qilingan har qanday preparatning ta’siri susayadi.

Muhim: Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

YO‘RIQNOMANI KO‘CHIRIB OLISH

TERI SALOMATLIGI TESTIDAN O‘TISH

ORTGA