PROBIOTIK VA PREBIOTIKLAR

Probiotik va prebiotiklar — farqi nimada?

14327

Probiotiklar — tirik mikroorganizmlar bo‘lib, etarli darajada inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Probiotiklar qisqa muddat ichida ichaklardagi foydali bakteriyalar salmog‘ini oshiradi va bu ayniqsa, antibiotiklar bilan davolangandan keyin muhim ahamiyatga ega. 

Probiotiklar qisqa muddat ichida ichaklardagi foydali bakteriyalar salmog‘ini oshiradi va bu ayniqsa, antibiotiklar bilan davolngandan keyin muhim ahamiyatga ega. Biroq bu samara uzoq muddat saqlanmaydi va organizmimizdagi yot mikroorganizmlar tezda halok bo‘ladi. 

Tadqiqotlar organizmga kiritiadigan bakteriyalar mikroflora tarkibini qisqa muddatga o‘zgartiradi, ammo dastlabki holat tezda qayta tiklanadi. SHuningdek aytish joizki, ba’zi probiotiklar salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Proibiotiklar tarkibiga kiruvchi har qanday yot mikroorganizmlarga qarshi immun reaksiya ham ijobiy, ham salbiy samara berishi mumkin. Shunday qilib proibiotiklarning foydali ham, zararli ham tomonlari borligini unutmaslik kerak. Ularni qabul qilishdan oldin   mutaxassis bilan maslahatlashish muhim. 

Tirik mikroorganizm sifatida probiotiklar: 

  • Doim ham ichaklarda yashab qola olmaydi;
  • Antibiotiklar ta’sirida halok bo‘ladi;
  • Organizmda qisqa muddat yashaydi (5-7 kungacha) va inson mikroflorasi ularni siqib chiqaradi;
  • Inson mikroflorasi shtammlariga antibiotiklarga qarshilik qiluvchanlik xususiyatini yetkazishi mumkin. 

Prebiotiklar— oshqozon-ichak tizimining yuqori qavatlarida hazm bo‘lmaydigan va parchalanmaydigan ovqat komponentlari bo‘lib, yo‘g‘on ichak mikroflorasida fermentatsiyalanadi va ularning yashovchanligi hamda rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Prebiotiklar mikrofloraga probiotiklarga qaraganda ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi mumkin. CHunki:

  • Oshqozon-ichak tizimida parchalanmaydi va antibotiklar hamda oshqozon og‘ir kislota muhitiga bardoshli;
  • Insonning qator foydali bakteriyalari shtammining o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi;
  • YOt genlar saqlamagani bois organizmning ikkilamchi immun javobini chaqirmaydi;
  • Antibiotiklarga qarshilik qilishni rag‘batlantiruvchi genlar saqlamaydi.

Manba:
R. Walker, M. Buckley.Probiotic microbes: the scientific basis.A report from the American Academy of Microbiology, 2006.

ORTGA