Byuti-eksperiment: Laktofiltrum EKO erinchoq “bo‘g‘irsoqqa” yordam bera oladimi?

672

Sovuq tushishi bilan uyqusirab, o‘zimni “bo‘g‘irsoqqa” aylangandek his qilaman. Bu esa haqiqat.

Jismim albatta, faol harakat qiladi, biroq miyamda o‘sha-o‘sha, uzun talaffuzli “Z”  tovushli coub g‘ujg‘on. YAxshiroq quloq solinsa, tafakkurim mudrayotganini sezish ham mumkin. Qish bo‘yi tafakkurim bir maromda mudraydi va bahorgi quyosh yog‘dusi tegishi bilan, ichimdagi allaqanday sho‘x kiyikchalar shildirab oqayotgan jilg‘a singari chopqillay boshlaydi. Vitaminlar qabul qilishdan mutlaqo natija ko‘rmadim. Menga faqat ertalab yoga mashqlari bilan shug‘ullanishim ko‘mak beradi. Ammo buning uchun ham ertalab uyqudan uyg‘onish kerak. Bu esa men uchun azob. To‘shakdan, issiqqina ko‘rpa ostidan chiqishga butun organizmim qarshilik ko‘rsatadi. O‘ylab-o‘ylab, bu toksik erinchoqlik dedimda, Laktofiltrum EKO bilan davolanishga qaror qildim. Men yo‘riqnomalaru ko‘rsatmalarni obdon o‘qib o‘rganadiganlar xilidanman. Dastlab test sinovidan o‘tdim va menga taxminan Shunday deyishdi: “Makdonaldsdan ikki hissa chizburgerlar yoyish, Old Feshnd ichish etar endi va umuman aytganda, Laktofiltrum EKO 21 kunlik tozalanish dasturini o‘tash vaqti etdi. Bu sen uchun haqiqiy baxt bo‘ladi!”

Makdoda tanavvul qilishni albatta, tashlamayman, ammo ikki hissali chizburgerni odatdagisi, balki salatlisiga almashtirarman. To‘g‘risi, hech nimani almashtirmayman, kimni aldamoqchiman o‘zi? O‘zimning ertalabki (aslida, tushlikdagi desam ham bo‘laveradi) yoga mashg‘ulotim bilan shug‘ullanib, sizga erinchoqlik nechog‘lik tanamdan quvilayotganini aytib turaman. Balki, 200 grammlarga ozirman ham. CHunki, qishki parli ustki kiyimni ko‘tarib yurishning o‘zi bo‘lmaydi axir.

Xullas, tashqi bonuslardan ijobiy o‘zgarish bo‘lishini orziqib kutib qolaman. Axir dasturdan o‘tgan qizlar terisi silliqlashgani va sog‘lomlashgani, sochlarining ikki karra tezroq o‘sayotgani hamda shahzodalar pod’ezd qarshisiga otlarini uch qatoriga qantarib qo‘yishayotganini yozishayapti-ku!

Demak, boshlanishida uyquchi bo‘g‘irsoq bilan ro‘barumiz va u o‘zini atrofdagilarga tog‘ qoploni etib ko‘rsata olishning hadsini olganlardan. Aslida esa issiq o‘ringa cho‘zilsayu, qishni uxlab o‘tkazadigan bo‘rsiqning o‘zginasi. Har zamonda ko‘zini ochganida shokoladni eb, yana boshini yostiqqa otsa. Bo‘rsiqvoyimiz qish va sovuqni yoqtirmaydi, ammo quyoshni sevadi va shugina uning ko‘nglini yoritib turibdi. SHu sababli ham qishki quyosh bulutlar orasidan mo‘ralab, atrofga zarrin nurlarini sochganida jo‘natmani olib kelish va qishki #selfiega tushishuchun ko‘chaga otildim.

Shu bilan hozircha xayrlashaman va Yangi rasmlarim bilan o‘rtoqlashishga va’da beraman. Harqalay, a’lo va xushkayfiyatli rasmlarimni qo‘ysam kerak.

ORTGA