Uy sharoitida ekspress-detoks

4682

Yiliga ikki marta, mavsum almashayotgan palla – kuz va bahorda organizmni tozalash foydali. YOzgi engil rejimdan qishki og‘ir,  aksincha, qishdan bahorga o‘tish pallasida organizmni bunga to‘g‘ri tayyorlash muhim ahamiyatga ega. SHunda siz sog‘lom – normal faoliyat rejimiga muammolarsiz o‘tib olasiz. Men bunday muolajani yiliga bir necha marta o‘tkazaman. Chunki, hamma taom va yeguliklar ham birdek foydali emasligini yaxshi bilaman. Bular orasida eng zararlilari – qayta ishlangan, konservalar, kofein, alkogol kabilar organizmda to‘planib, yillar o‘tgach turli kasalliklar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham, tanimiz quvvatga to‘lgan mahal o‘zimizni sog‘lom va go‘zal his etamiz. SHunda ko‘proq va uzoqroq vaqt harakatlangimiz keladi. 

Bu esa: nima eyayotganingiz, qanday parvarish qilayotganingizga bevosita bog‘liq. Uy sharoitida organizmni tozalash va sog‘lomlashtirish muvaffaqiyat qozonishi uchun, Yangi odatlarni bosqichma-bosqich o‘rganish lozim. Ekspress-detoks mahali bizga sharbatsiqqich va blender, gormonlarsiz, achitqi bakteriyalarisiz, toksinlarni chiqarishga yordam beruvchi – tabiiy entersorbent va prebiotikli, hazmi engil mahsulotlar zarur bo‘ladi. Keyingilari tozalash jarayonlariga tezlik berib, ularga kerakli yo‘nalish beradi. 

Maqsadimiz:

- Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash va salomatlikka putur yetkazmasdan organizmga Yangi ovqatlanish rejimiga o‘rganishiga ko‘maklashish

- Ichaklardagi foydali bakteriyalarni tiklash, hujayralarimiz va to‘qimalarda to‘plangan toksinlardan xalos qilish.

- Sog‘lom nur sochib turadigan teri va tozalash odatga aylangandan so‘ng, ortiqcha vazndan xalos qilish.

- Immunitetni mustahkamlash

- Detoks-dasturini oila va ish bilan tengma-teng olib borish

Shunday qilib, boshlaymiz. Birinchi foydali odatlar: 

- kunni bir stakan iliq yoki sovuq suv bilan boshlang. Unga limon sharbati qo‘shilsa a’lo nur.

- imkon qadar alkogol, kunning ikkinchi yarmida qahva ichish, qizil go‘sht va shakardan voz kechamiz. Maksimum — bir kunda 1 bokal vino, yarim tayyor go‘sht mahsulotlari o‘rniga baliq yoki tovuq go‘shti, shakar o‘rniga asal, shirinliklar o‘rniga tabiiy sirop.

- kuniga uch mahal ikki tabletkadan Laktofiltrum: ertalab – oshqozon-ichak tizimini tozalash, kunduzi – sog‘lom mikroflorani qo‘llab-quvvatlash, kechqurun – organizmdagi og‘ir metallar, allergenlar, alkogol, xolesterin, turli noorganik va organik birikmallar, endtoksinlar va kasallik chaqiruvchi – patogen mikroflorani biriktirib organizmdan chiqarish uchun.

- taomnomaga ko‘proq sarxil meva va sabzavotlar, yong‘oqlar qo‘shamiz.

ORTGA