Detoks-eksperiment: yoqimli o‘zgarishlarning 21 kuni

572

O‘rtoqlar, hammaga salom! 21 kun davom etgan byuti-salomatlik-eksperimentimning final natijalari bilan o‘rtoqlashishga shoshyapman. Keyingi oylarda men shu qadar ko‘p tabletka ichgandimki, Laktofiltrum EKO qabul qilish jadvaliga tushib olish aytarli qiyinchilik tug‘dirmadi. Qiyinchilik faqat ovqatlanish va preparat qabul qilish orasidagi 1,5 soatlik tanaffusda bo‘ldi. Kun uzayib qolgani bois ertaroq turishga to‘g‘ri keldi. Darvoqe, uyqudan turish avvalgidek og‘ir kechmadi.

Tajriba boshlanguniga qadar, aytganimdek o‘zimni allaqanday yalqov va tanbal xamirturush, erinchoq bo‘rsiqdek tasavvur qilardim. Ertalab uyqudan uyg‘onish ming azob. Tongdan kunduzgi birga qadar boshim xumdek hech nimani tuzukroq anglamay yurardim. Aytib qo‘yay, mo‘‘jiza siz o‘ylaganchalik bir zumda ro‘y bergani yo‘q. Ammo ikki haftadan keyin soatning birinchi jirinlashidanoq ko‘zlarimni ochib, o‘rindan hech bir qiyinchiliklarsiz turishimga o‘zim ham hayron qoldim. Albatta, tungi 2 da uyquga yotishni kanda qilmadim. Zero menga o‘xshagan ijodga yaqin kishilarni tushunarsiz degan umiddaman, axir ilhom parisi oy shu’lasi tushgan mahal qoshingizga keladi va bizning tuni bilan ishlashimiz odatiy hol. Ammo ertalab, tong saharda uyqudan ko‘z ochganda ham lohaslik yoki erinchoqlik o‘rniga, qaerdandir tanamga quvvat oqib kirardi!

YUqorida aytganim, yo‘qolgan kilogrammni qaytib topa olmadim. Hoynahoy, u bilan butunlay xayrlashgandik. Bundan tashqari, o‘zimning “yozgi” vaznim va o‘lchamimga o‘tdim. Bilasizmi, hamma qizlarning “sevimli jinsisi” bo‘ladi. Menda esa “o‘sha ko‘ylak” bor. Darvoqe, unga hadeganda “sig‘masdim”. Buning uchun obdon tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘lardi. Noyabrdan aprelga qadar bu ko‘ylakni xayolimga ham keltirmaganman. Bugun esa, dekabrning oxirlari, men aynan “o‘sha ko‘ylakda” o‘tiribman va u menga quyib quygandek! Mana buni natija desa bo‘ladi!

Va nihoyat, benihoya yoqimli va birdaniga ko‘zga tashlanadigan natija – terimning bugungi holati. U bir necha karraga o‘zgardi, aynan ijobiy tomonga! Albatta, dasturni boshlaganimdan taxminan bir haftalar o‘tgach, yuzimni allaqanday qizil toshmalar qopladi va organizmni tozalash paytida bunaqa holat ro‘y berishini oldindan bilganim uchun, juda qattiq ta’sirlanmadim. Bugunga kelib ahvol butkul o‘zgardi, terining  holati ancha yaxshi, ertalab yuzimga qon yurishgan, endi men erto‘ladan chiqqan bolakayga o‘xshamayman. Barcha toshmalar yo‘q bo‘lib ketdi hisob va Yangilari paydo bo‘layotgani yo‘q. Yangi yil oqshomida albatta, hammani o‘zimga qaratadigan latofatli malikaga aylanaman. Buning ustiga qomatim ham endi boshqacharoq J

Shunday qilib, Laktofiltrum ning detoks-kursi sezilarli natija ko‘rsatdi. Dastur davomida umuman parhez qilmadim, desam bo‘ladi. CHizburgerni paqqos tushirishda davom etdim. Ba’zan, o‘tirishlarda vino ham ichdim. Haqiqiy ma’noda parhez ushlab, zararli odatlarimdan voz kechganimda natija hozirgidan bir necha barobar yaxshi bo‘lishini o‘ylasam, orziqib ketaman. Hoynahoy, keyingi galgisi mening ikkinchi eksperimentim bo‘ladi.

ORTGA