Ikki hafta – parvoz a’lo!

636

Ikki haftadan beri Laktofiltrum qabul qilayapman. Bu paytda boshqa preparatlar – bio-faol qo‘shimchalar va vitaminlar qabul qilishni to‘xtatdim. 

Salom, ismim Dasha, yoshi 27 da. Kompaniyaning piar-da ishlayman (bu yerda “Salom Dasha” degan ovoz va erinchoqqina salomlashuv eshitilishi kerak).

Maktab davrimdanoq “manyak ZOJ” laqabi orttirgandim. O‘ninchiga o‘tganimda qand eyishni to‘xtatdim – uning ayol organizmiga salbiy ta’siri haqida ko‘plab adabiyotlarda o‘qishga ulgurgandim. Mabodo buvim kolbasali buterbrod taklif qilgudek bo‘lsa, hayron bo‘lib qarardim. Tanaffus paytida sinfdoshlarim chips va koka-kolani paqqos tushirayotgani yoki guruhdoshlarim burchakdagi do‘konchadan sotib olgan pitssa bilan gastritlarini kuchaytirayotganini ko‘rib, istehzoli kulib qo‘yardim. Talabalik yillarimda ertalablari suli yormasiga o‘tib oldim, go‘shtdan voz kechdim, ammo qahvaga ruju qo‘ydim – albatta, bu odatimni qahvaning tomirlar va yurak mushaklarini mustahkamlash xususiyati bilan oqlashim mumkin. Harqalay, bu britaniyalik olimlar o‘ylab topgan uydirma bo‘lmasa kerak.

Hozir kuniga bir yarim litrdan suv ichaman (agar qahva yoki alkogol ichgan bo‘lsam – suv miqdori ikki litrga etadi), mavsumiy sabzavotlar, mevalar va ko‘katlardan ko‘proq iste’mol qilaman. Tushlik paytida pishiriqlaru pechene, mijozlarimiz sovg‘aga tashlab ketadigan konfetlardan bosh tortmasligimni ham aytmoqchiman. Afsuski, maktabdan keyin jismoniy tarbiya bilan mutlaqo xayrlashib qo‘ydim. Ich-ichimdan tanavvul qilayotgan taomlarim va yeguliklar harqalay, namunali emasligini sezib turardim va organizm uchun muntazam detoks zarurligini bilardim. Ammo negadir, detoksga yuragim betlamasdi yoki o‘zim buni xohlamasdim.

To‘satdan kutilmaganda ikki marta yaxshilab “tepki edim”: balog‘at yoshiga yetayotgan paytdagidek yuzimni toshmali husnbuzar qopladi! (Afsuski, tabiat oldida ojizmiz, zero men endi 15 yoshli qizaloq emasman!) Darhol darsinvalga yopishib, ularni quritishni boshladim. Ammo muammoning yuzada emas, ichkarida ekanini sezib turardim. Tashqi yallig‘lanishnigina davolash etarli emas va organizmni tozalash kerak, degan o‘y tinchlik bermasdi. Mana shunda, menga “birinchidan”: tarkibida sorbent (toksin va barcha keraksiz moddalarni o‘ziga shimdiradi) va prebiotiklar (ayniqsa shamollash yoki yallig‘lanish paytida immunitet uchun o‘ta muhim rol o‘ynaydigan foydali mikroflorani normallashtiradi) Laktofiltrum uchradi. Men 21 kunlik davolash kursini tanlab, kuniga uch mahal ikkitadan tabletka qabul qila boshladim. Bu muddat orasida organizmim toksinlardan tozalanishi va albatta, sog‘lom terida o‘zini namoyon etishi kerak.

Dastlabki taassurotlarim bilan o‘rtoqlashsam: tabletkalar shiringina, ba’zi bir gel-sorbentlar singari badxo‘r yoki bemaza emas. Laktofiltrum ovqat hazm qilish tizimiga mutlaqo ta’sir qilgani yo‘q. Bir qutisi uyda, boshqasi - ishxonada. Ba’zan ishxonada kechgacha qolib ketaman va kechki dozani shu yerda qabul qilaman. Yonoqlarimdagi toshmalar tezda yo‘qoldi. Uch kunda ulardan asar ham qolmadi va ular bilan uzoq muddatga xayrlashdim, degan umiddaman! 

ORTGA