Probiotiklar. Go‘zallik sinovi

1524

Probiotiklarni, odatda “yaxshi bakteriyalar” deb ham atashadi. Ular ovqat hazm qilish tizimida foydali bakteriyalar sog‘lom balansini saqlaydi. Sog‘lom ovqatlanishga bag‘ishlangan seminarlarimda bu haqda ko‘p gapiraman. Ammo har gal ular to‘g‘risida birinchi marta gapirgandek fikr yuritaman. SHaxsiy misol orqali nazarimda, tushunarli va ishonarliroq. 

Ikki hafta mobaynida kuniga uch mahal ikkitadan “Laktofiltrum” tabletkasini qabul qildim: ertalab nahorga, tushlik payti va kequrun, uyqudan oldin. Kurs juda engil o‘tdi. Ratsionimni nisbatan sog‘lom deyish mumkin va hazm qilish bilan bog‘liq muammolar anchadan beri meni bezovta qilmaydi. SHuning uchun ham taomnomamni deyarli o‘zgartirmadim. Albatta, shubhasiz terining tashqi ko‘rinishi yaxshilanganini aytishim lozim. Teri sezilarli darajada turli toshmalar va yallig‘lanishlardan tozalandi. Quvonarlisi – terining ranggi tiniqlashib, bir xil tus oldi va men umuman namlantiruvchi moylar va termal suvlardan foydalanmay qo‘ydim. YAna e’tiborlisi shundaki, «Laktofiltruma»ning vino bilan (vinodan boshqa alkoglli ichimlik ichmayman o‘zi) o‘zaro “munosabati”ga to‘xtalish joiz. Misol uchun, hatto kechki ovqat mahali ikki bokal ichgan bo‘lsamda, ertalab, uyqudan uyg‘onganimda alkogoldan asar ham sezilmas, har doimgidek quvvatga to‘liq, ertalabki badantarbiyaga hech qiynalmasdan turardim.

Detoks kursi yakuni o‘zingiz ko‘rib turganingizdek. SHu o‘rinda pribiotiklar ta’siriga to‘xtalmoqchi edim. Birinchidan, oldinda bir qancha bayramlar va bu o‘z navbatida mazali taomlar va albatta, shirinliklar degani. SHirinliklarning esa kishi bilmas salbiy ta’siri bor. To‘g‘ri, shirinlik kishi kayfiyatini ko‘tarib, kun maroqli o‘tishiga yordam bersada, ular yo‘g‘on ichakda - CandidaAlbicans achitqi rivojlanishini rag‘batlantiradi. Bu bakteriyalar esa butun organizm bo‘ylab tarqalish xususiyatiga ega va organizmda to‘planib, turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. SHifokorlar uni o‘zaro “shakarli giyohvandlik” deb ham ataydi. Oddiy uglevodlar, shakar, mevalar, kofein, soda va boshqalarning birikmaviy salbiy ta’sirini pribiotiklar kamaytiradi. Ayniqsa, nahorga qabul qilinganda ular disbakteriozni davolashga ko‘maklashadi. Ikki kun ichib, bo‘ldi tuzaldim emas, balki muntazam qabul qilish asnosida o‘zingiz istagan natijaga erishasiz.

Sog‘lom ovqatlanish tarziga o‘tishning (yoki amaldagi ratsionni yaxshirog‘iga o‘zgartirish istagi) yana bir keng tarqalgan sababi – ovqat hazm qilishdagi muammolar yoki teri holatining risoladagidek emasligi. Qovurilgan kartoshkadan voz kechib, Yangi siqilgan meva sharbatiga o‘tish muammoni qisman yoki ozroq muddatga hal qiladi. Organizmni muntazam yaxshi oziqlantirish uchun mustahkam asos bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, avval organizmni yillar davomida to‘plangan ortiqcha “yukdan” – toksinlar, shlaklar va befoyda birikmalardan tozalash lozim. SHundan keyingina Yangi odatlarni sekin-asta shakllantirish kerak. Oshqozon-ichak tizimida tez-tez takrorlanadigan noxushliklardan xalos bo‘lish uchun kletchatka miqdorini kuniga 30-65 g.ga yetkazish kerak. Bu esa sanoqli kunlar ichida tabiiy modda almashinuviga ta’sir ko‘rsatmasdan, ichak mushaklarining tortilib siqilishini barqarorlashtiradi. Ikki tipdagi ozuqaviy tolalar bo‘ladi: eruvchan (pektin, shilliq) va erimaydigan (sellyuloza, gemitsellyuloza). Eruvchan tolalar hazm tizimining o‘tkazuvchanligini moylab yaxshilaydi va «oziqlantiradi», erimaydiganlari esa ichaklar devoriga yopishgan ovqat qoldiqlari, shlak va yig‘ilib qolgan toksinlar, og‘ir metallarni supurgi misoli sidirib oladi. Hazm qilish tizimi barqarorlashganidan keyin navbatdagi qadamni qo‘yish mumkin.

Siz tanovvul qilayotgan yegulik va taomlar terining tashqi ko‘rinishiga har qanday kremdan ko‘ra sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Teri hujayralarini tashqi va ichki oziqlantirish – parallel jarayon, biroq bir birining o‘rnini bosadigan emas, albatta. Mana Shunday muammoga men ham duch keldim. Bundan bir necha yil avval amerikacha detoks-dasturini o‘rganish jarayonida pribiotiklarni mavsumiy qabul qilish masalasiga to‘qnashganman. O‘tgan yillar mobaynida preparatlar yanada o‘zgardi va aksariyati majmuaviy ta’sirga ega. Sinab ko‘rganim «Laktofiltrum», nafaqat prebiotik sifatida, balki sorbent, organizmning turli toksinlar, dori preparatlari va zararli mahsulotlar metabolizmi dezintoksikatori sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Yiliga kamiga ikki marta -  mavsum almashuv mahali salomatligimni yaxshilash maqsadida qabul qilishni kanda qilmaganman. Xo‘sh, ular qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • Probiotiklar  immun tizimining 3/4 qismini tashkil etadi. Biz tanavvul qilayotganlar teri va to‘qimalarimizni oziqlantirib, ularning salomatligini ta’minlaydi yoki kamroq ta’minlaydi.
  • Sorbent bilan uyg‘unlikda laktobakteriyalar tezda teri holatini me’yorga keltiradi. Bakteriyalar balansi barqarorlashadi, modda almashinuvi joyiga tushadi, teri esa ich-ichidan “yorqinlashadi”.
  • Hazm qilish yaxshilanadi. Oshqozon va ichaklardagi noxush hislar yo‘qoladi. Pribiotiklar enzim-oqsillar va lipazalar – moy enzimlari ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
  • Vitamin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Oshqozon-ochak tizimidagi laktobakteriyalar V va K guruhi vitaminlari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish va hazm qilishiga ko‘maklashadi.
  • Immunitetni mustahkamlaydi. Laktobakteriyalar  immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: organizmdagi shamollash va yallig‘lanish jarayonlarini bosuvchi immunoglobulin (antitel) ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Oshqozon-ichak tizimining turli infeksiyalar va yallig‘lanishlarga bardoshliligini ishiradi. 
ORTGA