Kurs tugadi: natija va taassurotlar

109

Laktofiltrum qabul qilishning oxirgi kunlarida nihoyat uning tarkibi bilan qiziqib qoldim: boshqa sorbentlardan nimasi bilan farq qilar ekan? Yo‘riqnomada toksinlarni shimdirib olishga mas’ul yog‘ochni turli fizik va kimyoviy qayta ishlashlar orqali olinadigan tabiiy sorbent – lignin, mikroflorani tiklashga va uni lakto- va bifidobakteriyalar bilan “to‘yintirishga” (yogurtlar reklamasi tufayli ularning foydali va organizm uchun zarur “yoqimtoy”ligini bolalar va hatto hayvonlar ham “biladi”) – prebiotik  laktuloza borligini o‘qidim.

Mazkur uyg‘unlik, masalan, uzoq vaqt antibitoiklar qabul qilish orqali hazm qilish tizimi ish rejimi buzilganda - eng maqbul yyechim. Biroq nazarimda, mutlaqo muammo bo‘lmaganda ham, yiliga ikki marta mazkur kurs inson organizmiga zarar qilmaydi. Zero, biz tog‘ yonbag‘rida, musaffo, xushhavo maskanda emas, transport oqimi beto‘tov, turli zavodu ishlab chiqarish korxonalari zaharlaydigan shaharlar havosidan nafas olib yashaymiz. Istaymizmi-yo‘qmi, har kuni o‘zimizni zaharlab boramiz. Turli bayramlar, o‘tirishlar, xususan, Yangi yilning to‘kin dasturxonidan keyin esa bu muolaja shubhasiz o‘tkazilishi shart! 

Uch haftalik kurs davomida biron marta ham ovqat hazm qilish tizimi yoki ozroq bo‘lsada noxushlik sezmadim. Hatto qanchalik ko‘p suv ichganimni tasavvur ham qila olmayman – endi uyga bir yarim baravar ko‘p buyurtma berayapimz.

Darvoqe, ichmaslikning iloji bo‘lmadi – shamollab qoldim va loxaslikni uyqudan oldingi issiqqina vinodan boshqa nima ham bartaraf qila olardi?  Boz ustiga qo‘lbola, Venetsiya yaqinidagi qishloqchadan keltirilgan bo‘lsa! Bunaqa sharobni o‘ylashning o‘zi kasallikni yo‘q qiladi... Teri allaqanday yallig‘lanish yoki toshmalar bilan bezovta qilmay qo‘ydi.

Umuman aytganda, muolaja kursi ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketdi. Men parhezdaman deb o‘ylaganim ham yo‘q va o‘zimni yeguliklardan tiymadim ham. Hatto, Laktofiltrumning oxirgi blasterini ochib ichayotib, ozroq kayfiyatim tushib ketdi, axir bu vaqt orasida unga ancha o‘rganib qolgandimda. 

ORTGA