Kosmetolog fikrlari

4743

«Teri yuzasida bo‘lgani, ichkarida ham bo‘ladi, ichkarida bo‘lgani, tez orada yuzaga chiqadi», - deyidi kosmetologlar. SHuning uchun ham tashqi ta’sirning o‘zigina teri sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun etarli emas. Mazkur masalaga oydinlik kirtishda bizga 20 yillik tajribaga ega kosmetolog, Ukraina vrach-kosmetologlar assotsiatsiyasi 

Olga Vixodchenko suhbatlashdi.

Teri muammosining asosiy sababi organizm ichida bo‘lsa, eng qimmatbaho krem ham yordam bera olmaydi. 

Fransuz ayollari: «Burningiz yoki siynangiz shakli-shamoyili sizga yoqmasa bu katta foje emas. Tashqi ko‘rinishingizni buzishi mumkin bo‘lgan eng Yomon narsa - kasalmand teri», deyishadi. SHubhasiz, bu borada ular haq! Axir teri nafaqat go‘zallik, balki butun organizm qay holatda ekanini bildiruvchi timsol. «Teri yuzasida bo‘lgani, ichkarida ham bo‘ladi, ichkarida bo‘lgani, tez orada yuzaga chiqadi», - deyidi kosmetologlar. SHuning uchun ham tashqi ta’sirning o‘zigina teri sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun etarli emas. Mazkur masalaga oydinlik kirtishda bizga 20 yillik tajribaga ega kosmetolog, Ukraina vrach-kosmetologlar assotsiatsiyasi a’zosi Svetlana Gnatyuk yordam beradi.

Svetlana Vasilevna, odatda, mavsum almashinuvini kasalliklar avj oladigan palla deb hisoblanadi. Teri sog‘ligiga uning qanday ta’siri bor? 

Mavsum almashinuvi har doim organizm uchun stress holati desak, xato bo‘lmaydi. CHunki bu paytda organizm Yangi shart-sharoitga o‘rganishi, havo harorati, taomnomadagi yeguliklar, kunduzgi yorug‘lik vaqti (miqdori)ning o‘zgarishiga moslashishi lozim bo‘ladi. Mazkur jarayonda inson organizmining endokrin, asab,  ovqat hazm qilish, singari qariyb barcha tizimlari ishtirok etadi. Bundan tashqari, havo haroratining o‘zgarishi teri, sochlar va tirnoqlarni oziqlantirishga mas’ul tomirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qon mikroaylanishi buziladi va oqibatda terida toshmalar, terining qurishi va to‘kilishi kuzatiladi, terining rangi “qochib, jonsizlanib qoladi”.

Bu jarayonda shuningdek, taomnoma ham ahamiyatga ega. Sovuq tushgan mahal organizm isishi uchun kaloriyali – quvvatli ovqatlar talab qiladi, ishtaha ochiladi, yeguliklar ko‘proq yog‘li va bir muncha quvvatliroq tayyorlanadi. Bu o‘z navbatida – ovqat hazm qilish tizimiga qo‘shimcha nagruzka degani. Masumiy zo‘riqishlarga esa teri shubhasiz reaksiya bildiradi. 

Demak, oshqozon-ichak tizimi salomatligi teri salomatligiga bog‘liq degan xulosa chiqadi, Shundaymi? 

SHubhasiz! “Teri – organizm holatining oynasi” degan ibora bor. Gap shundaki, teri ham, oshqozon-ichak tizimi to‘qimalari ham, asab tolalari ham embrional shakllanish davridayoq bitta yaproqdan shakllanadi. SHuning uchun organizmimizdagi barcha to‘qimalar o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ichaklar faoliyatidagi o‘zgarish toshmalar, terida allergik toshmalar, dog‘lar va boshqa qator muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Reaksiya tipi qator omillarga  bog‘liq: genetik moyillik, organizmning o‘ziga xos xususiyatlari, hayot tarzi, kabilar. “Ingichka uziladi”, degan gap bejizga aytilmagan! Terining yurak, oshqozon singari muhim organ ekani, uning ham kasallanishi va albatta, davolash zarur ekanini unutmaslik kerak.

Teriga zarari tegadigan oziq-ovqat mahsulotlari ham bormi?  

Oshqozon, jigar, oshqozonosti bezi va albatta, teri salomatligi uchun nihoyatda foydasiz mahsulotlar ham bor. Taomnomada uglevodlar, rafinadlangan mahsulotlar, xamir mahsulotlari, haddan ziyod shirinlik, alkogol kabilar oshqozonda bijg‘ish jarayonini yuzaga keltiradi. Oqibatda foydali moddalarning hazm bo‘lishi keskin pasaysa, aksincha, toksinlar va bijg‘uvchan  mahsulotlar to‘qimalar va tomirlar orqali bevosita qonga so‘rilib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi.

Darvoqe, shamollashni antibiotiklar bilan davolash ishqibozlari va salomatligi nuqtai nazaridan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar qabul qilishga majbur kishilarni ogohlantirmoqchiman. Hoynahoy, disbakterioz sizga yaxshi ma’lum. SHubhasiz, bu XXI asr illati! Hozir gap qanday qilib kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni o‘ldirish ustida emas, balki normal mikroflorani joyiga qaytarish haqida ketayapti. Agar ichaklarda lakto- va bifidobakteriyalar tanqisligi sezilsa, bu teri holatida yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Bunday vaziyatda Siz qanday maslahat berasiz? 

Barcha tavsiyalar individual. Terini davolash taktikasini belgilashda mijozlardan ularning qanday ovqatlanishi, dispeptik xarakterga ega shikoyatlari bormi-yo‘qmi, qabziyat - ich qotishi yoki aksincha, hazm borasida aziyat chekishlarini obdon surishtiraman. Jiddiy gastroenterologik muammolar bo‘lmasa, intoksikatsiyadan xalos etishning o‘zi kifoya. Masalan, kishi yog‘li taom tanavvul qilgan yoki ko‘proq ovqat eb qo‘ygan yoinki biron bir ekzotik taomdan tatigandir, shunda bular toshma ko‘rinishida terida reaksiya ko‘rsatgan bo‘lsa, bir necha kosmetologik muolaja va sorbentlar bilan davolash mumkin.

Sorbentlar nimaga zarurligi to‘g‘risida batafsil so‘zlab bersangiz.

Kosmetolgiyada adsorb moddalar ancha vaqtdan buyon qo‘llanadi. Olis zamonlarda kishilar teri sog‘lom bo‘lishi uchun, organizmni muhim hayotiy jarayonlariga to‘siq bo‘ladigan shlaklar va toksinlardan tozalash lozimligini yaxshi bilgan. Ekologiya, pala-partish ovqatlanish, stresslar alal-oqibat organizmning shlaklar bilan “kirlanishiga” olib keladi, ichaklarda bijg‘ituvchi va zaharlovchi moddalar yig‘iladi, o‘z navbatida qonga so‘rilib, butun organizmni zaharlay boshlaydi. Eng qimmatbaho krem ham bunday holatda etarli samara bermasligi aniq, zero muammoning boshi organizmning ichida. Detoks degan tushuncha bor. Oshqozon-ichak tizimi, qon, jigar va umuman organizmni tozalashni taklif etadigan ixtisoslashgan klinikalar faoliyat ko‘rsatadi. Uy sharoitida engil detoks o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, sorbentlar aynan siz uchun. Ularning nomlanishi va turlari anchagina. Mijozlarimga odatda, majmuaviy sorbentlar qabul qilishlarini maslahat beraman. Bular tarkibiga absorblovchi moddadan tashqari yana laktuloza ham kiradi. Laktulozani ichaklarimizdagi lakto- va bifidobakteriyalar ko‘proq xush ko‘radi. Bu ularning o‘ziga xos ozuqasi.  Ichaklarni shlaklar va kasallik chaqiruvchi mikrofloradan tozalashning o‘zi etarli emas. Foydali mikroorganizmlarni rag‘batlantirib turish alohida ahamiyatga ega. Natijada ichaklar biotsenozi yaxshilanadi, immunitet ko‘tariladi, foydali moddalar ichak to‘qimalariga faolroq so‘riladi. 

Allergik toshmalarda soobentlarning ta’siri  qanday? 

Ta’siri va samarasi juda katta va nimada ekaniga to‘xtalaman. Tez va sekin namoyon bo‘ladigan allergik reaksiyalar bo‘ladi. Ba’zi birovlarga zarradek modda ham zudlik bilan ta’sir qilishi va unga qarshi kuchli allergik reaksiya kuzatilishi,  hatto anafilaktik shok darajasiga qadar bo‘lishi mumkin. Buni tez allergik reaksiya deyishimiz kerak. Bunday kishilar bir umr allergenlardan uzoqroq yurishi lozim  bo‘ladi. SHu bilan birga sekin namoyon bo‘ladigan allergik reaksiyalar borligini bilish muhim. Qandaydir modda organizmda uzoq vaqt yig‘ilib boradi va vaqt o‘tishi bilan toshmalar, qichima yoki bo‘g‘ma ko‘rinishida o‘zini ko‘rsatadi. Aynan mana shu holatlarda sorbentlar yordamga keladi. Ular allergenlar, toksin, metabolitlarni o‘zaro biriktirib, organizmdan chiqara boshlaydi va bu bilan immun tizimiga allergenlarga qarshi kurashishiga ko‘maklashadi. 

Sorbentlarni qancha muddat qabul qilish kerak va ulardan qay biri yaxshiroq? 

Sorbentlarni qancha muddat va qay miqdorda qabul qilish bemor holatiga bog‘liq. Agar teringizda qandaydir muammolar bo‘lmasa, profilaktika kursini mavsum almashadigan paytni mo‘ljallab, yiliga ikki marta o‘tkazish mumkin. Aksina, terida muammolar bo‘lsa, davolash muddati individual tanlanadi va o‘rtacha 2-3 haftani tashkil etadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, uydagi dori qutida hamma vaqt bir quti sorbent turgani ma’qul. Ko‘nglingizga yoqmaydigan, ekzotik yegulik tanavvul qilib qo‘ysangiz yoki sayohatga otlansangiz, bir juft tabletka sizni bo‘lajak muammodan xalos etadi.

Aniq sorbent to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, shaxsan men Yangi preparatlar avlodini tavsiya qilaman. Ular tarkibida absorblovchi moddalar va laktuloza bo‘ladi. Avval aytganimdek, detoks samarasidan tashqari ular ichaklarning sog‘lom mikroflorasini tiklashga yordam beradi va natija ko‘ngildagidek bo‘ladi. Ayni paytda sorbentlar pasta, kukun, gel, kapsula ko‘rinishida ishlab chiqarilmoqda. Menga esa tabletka ko‘rinishadigilari ma’qulroq. Ularni dozasini belgilash oson, o‘zingiz bilan olib yurish va qabul qilish o‘ng‘ayroq. Mazkur preparatlarni qabul qilish qoidalarini unutmang: ovqatgacha bir soat yoki ovqatlangandan keyin 1-1,5 soat o‘tkazib ichiladi. 

Terisida muammo bo‘lgan kishilarga qandaydir parxez tavsiya qilinadimi? 

Sog‘lom ovqatlanish qoidalarini hech kim bekor qilgan emas va bu sog‘lom kishilarga ham taalluqli. Qoidalar oddiy va ma’lum:  kamroq qovurilgan va yog‘li, xamir va shakarli  taomlar, ko‘proq kletchatkali, meva va sabzavotlar, bug‘da va dimlab pishirilgan yeguliklar. Buni parxez ham deb bo‘lmaydi, balki sog‘lom yeguliklar, taomlar, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Parxezlarga haddan tashqari ruju qo‘yish ham foydadan ko‘ra, aksincha, sog‘liqqa zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Misol uchun, muntazam ravishda ozishga mukkasidan ketgan aksariyat qizlarning terisida muammo bo‘ladi. Ayniqsa, parxez apparatli muolajalar bilan olib borilganda muammo jiddiylashadi (mezoterapiya, antitsellyulit massajlar, miostimulyasiya va h.k.). Gap shundaki, yog‘ hujayralari buzilish asnosida tarkibidagi toksinlar va zaxiradagi ozuqani qonga bevosita singdiradi. Oqibatda umumiy holatga putur etadi, teri esa turli xildagi toshmalar bilan reaksiya bildiradi. Hayron bo‘lishingiz mumkin, ammo aynan mana Shunday holatlarda ham sorbentlar yordam bera oladi. Ular intoksikatsiyani oladi, parchalanayotgan ovqatlardan organizmga etadigan zararni kamaytiradi. Biz xastaliklarni alohida davolashga o‘rganganmiz. Misol uchun qaysidir dori tabletkasi bu kasallikka, boshqasi esa narigi xastalikka davo. Ammo unutmang, organizm yaxlit bir tizim va undagi barcha organlar o‘zaro bevosita bog‘liq. Har qanday salbiy ta’sir, stress yoki chekish (ayniqsa chekish!), kam uyqu yoki ratsion o‘zgarishi darhol teri holatiga ta’sir ko‘rsatadi. YAxshiyamki, buni o‘z joyiga qaytarsa bo‘ladi. Hayot tarzingizni yaxshilash, salomatligingiz xususida o‘ylab, tartib-qoidalarga amal qilish orqali teringiz sog‘ligini ham tiklay olasiz. 

Terini tozalash uchun qandaydir kosmetik muolajalar shartmi? Nimalarni maslahat berasiz? 

Tashqi tozalash ham zarar qilmaydi. Krem tarkibidagi foydali moddalar terining chqur qatlamlariga etib borishi uchun, teri hujayralari “nafas” olishi kerak. Terida izlar yoki dog‘lar qoldiradigan mexanik tozalash muolajalariga keyingi paytlarda kamroq murojaat qilinayapti. Bugun zarar yetkazmasdan, aksincha davo bo‘ladigan va terining o‘zini o‘zi tozalashiga yordam beradigan preparatlar talaygina. Bular sirasiga enzim piling va meva kislotali tarkibli pilinglar, tabiiy asosli engil skrablar, zardoblarni kiritish mumkin. Ular bilan amalga oshiriladigan muolajalar kishiga xush yoqadi va mutlaqo bezarar.

Terini har kuni tozalash lozimligini unutmang. YUz-ko‘zlardagi pardozni tozalamasdan uyquga yotmang. Barcha mijozlarimdan yagona iltimosim – hech qachon sovunda yuvinmang. Maxsus gellar, sut, ko‘pikdan fodalanish mumkin, zotan sovun tarkibidagi qo‘shimchlar suvdagi minerallar bilan aralashgan chog‘da ko‘rinmas plyonka hosil qilib, teri hujayralarini berkitib qo‘yadi va uning “nafas” olishiga to‘sqinlik qiladi.Natijada esa teri quriydi, allergiyaga moyillik ortadi, terida taranglashuv hissi ortadi. YUz yuvishga biroz ko‘proq vaqt ajratsangiz, natija uzoq kuttirmaydi. Teringiz sog‘lomlashib, uning ko‘rinishi go‘zallashib sizga minnatdorlik bildiradi. To‘g‘ri, tozalagandan keyin albatta terini himoyalash va namlantirish ham ahamiyatga ega. Buning uchun esa yosh, teri tipi va umuman teringizga mos kremni tanlasangiz, kifoya. 

Svetlana Vasilevna, kundalik parvarish uchun yana bir necha maslahat bersangiz. 

YUqorida aytganlarimga qo‘shimcha qilib, tiniqib uxlang, demoqchiman. 8 soatlik uyqu – teri salomatligi uchun minimum hisoblanadi. Inson uxlaganda va faqat tunda sodir bo‘ladigan jarayonlar mavjud. Bundan tashqari, kremlar va boshqa kosmetik vositalar aynan inson uyquga ketganida samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Bejizga “Siz uxlayotganingizda, tungi kremingiz ishlaydi” deyishmaydi. Mabodo cheksangiz, iltimos, zudlik bilan tashlang! Nikotin – teri uchun eng xatarli va agressiv moddalardan biri. Albatta, kamroq asabiylashing. Hayotga odiyroq nigoh bilan qarang, o‘zingizni seving, yuz va badaningiz terisini muntazam parvarishlang va shunda har qanday yoshda ham teringiz go‘zal va maftunkorligini yo‘qotmaydi! 

ORTGA