Talab uchun tabletalar. Mening qayta quvvatlanishim

504

Maktab davridanoq meni teri muammolari qiynab keladi. Bu muammolarni turli maskalar, mazlar, xalq tabobati vositalari bilan hal etishga harakat qilardim. Qo‘limga tushgan narsani surib ko‘rardim...Tonal krem va upa bilan berkitishga harakat qilardim va ijobiy ta’sirni ko‘rmasdim... Ammo bu usullar menga oddiyroq va osonroq ko‘rinardi.

Maktabda bu muammo unchalik qiynamasdi, chunki o‘smirlik davrida bo‘ladigan tabiiy jarayon va uning o‘tib ketishiga ishonardim. Boz ustiga fast fud, gazlangan ichimliklar, chips, shokoladlar va boshqa turli yeguliklardan voz kechishning o‘zi bo‘ladimi?! Biroq universitetda ham bu muammo o‘tib ketmadi...

Aytishim kerakki, men tabiiy go‘zallik tarafdoriman. Kosmetika qanchalik kam bo‘lsa shunchalik yaxshi. E’tiqodlarimga sodiq qolgan holda, muammolarimga chora izlay boshladim va asosiy e’tiborni ichki tozalanishga qaratdim. Nazarimda, tashqi toshmalar noto‘g‘ri ovqatlanish natijasi edi. SHuning uchun ham ikki hafta oldin odatlarimni qayta ko‘rib chiqib, ko‘proq gazlanmagan suv ichishga, taomnomamdan zararli yeguliklarni chiqarib, kuniga uch mahal  ikkita tabletkadan Laktofiltrum qabul qila boshladim. Oxirgisi men o‘ylagandan ko‘ra qiyinroq ekan. Qat’iy jadvalga o‘rganmaganman – kursdoshlarim bilan kechki o‘tirishlar, yo‘l-yo‘lakay nimadir tanavvul qilish... Laktofiltrumni to‘g‘ri qabul qilish uchun ovqatlanishni tartibga solish, universitetga shoshilganim uchun yig‘ishtirib qo‘ya qolganim - ertalabki nonushtaga qaytdim. Darvoqe, buning yaxshi tomoni oshqozonim menga “kattakon rahmat” aytdi.))

Tez orada asosiy mukofot – terim ancha tozalanib, rangi ochildi, qornimda engillik his eta boshladim, ovqat hazm qilish joyiga tusha boshladi!

Endi tongda uyqudan uyg‘onganda organizmimda qandaydir engillikni his qilaman:

YOqimsiz toshmani krem yoki boshqa surtma bilan berkitishga hojat ham yo‘q, asosiy vaqtimni oladigan meykap va “shpaklyovka” surish mashg‘ulotlaridan voz kechib, birinchi soat darslarimga kechikmayapman. SHuning uchun ham kayfiyatim a’lo va natijasi yuzimda ayon! 

ORTGA