Hammaga salom! “21 kunda salomatligingni tikla” rukni burchagidan mo‘ralab turgan menman. «Laktofiltrum Eko» tabletkalari bilan siz uchun ikkita Yangiligimiz bor: biri yaxshi, ikkinchisi Yomonroq... Qaysisidan boshlashni bilmay turibman.
Odatda, Yomonrog‘idan boshlab, sal oldingi tushkunlikni yaxshisi bilan biroz tekislayman. Ammo hozir nazarimda bu yo‘l ish bermaydiganga o‘xshaydi. Mabodo men sizga Yomonroq xabarni yetkazsam “Menga shu kerakmi? Detoks deb, sevimli qovurilgan katoshkadan voz kechaymi?” deyishingiz mumkin. Fikringizdan qaytib qolmasligingiz uchun avvaldan ayta qolay – bir haftada naqd 1 kg vazn yo‘qotdim. Aytmoqchi, kuniga 4 mahal fildek ovqatlandim ham. Endi esa noxushroq xabar.
Yomon tomoni shundaki, yuzimning ayrim qismlariga allaqanday qizil toshmalar paydo bo‘ldi va ulardan sira ham xursand bo‘layotganim yo‘q. Ammo bu toshmalar Laktofiltrum o‘z vazifasini bajarayotganidan darak ekani meni sal xovurdan tushiradi. Men allaqachon bu holat haqida o‘qib tanishganman. Organizmda tozalash ishlarini “olib borish” chog‘ida unda yig‘ilib qolgan toksinu har xil chiqindilar turli yo‘llar bilan chiqib ketishga urinar ekan. Terida toshmalarning paydo bo‘lishi aynan shuning asosiy darakchisi. Harqalay, menda bu qonun to‘liq 100 foizga ishlayotganiga guvohman. Yangilikning Yomon tomoni shundaki, o‘ttiz yoshli xolaning yuzlariga o‘smir qizchalarnikidek toshma toshishi bo‘lsa, yaxshi tomoni vositaning natijaga ishlayotgani.
Kishini ikkilantiradigan Yangiliklardan aniq natijalarga o‘tamiz. Xullas, hali aytganim 1000 gramm vazndan yo‘l-yo‘lakay xalos bo‘ldim. Gap shundaki, “Laktofiltrum” preparatini kuniga uch mahal ovqatdan bir-bir yarim soat oldin yoki ovqatdan keyin qabul qilish kerak. YA’ni taom eyayotgan paytingizda ham doim soatga ham qarab turishni unutmaslik kerak. Men telefonimdagi “eslatgich”ni har bir yarim soatga belgilab yoqib qo‘ydim. Men doim nimadir kavshayotgan yoki blisterdan dorini olayotgan bo‘lardim. Bir payt o‘zimni kun davomida nimadir eyayotganimni payqab qoldim. To‘g‘rida, havo sovuq, ovqat emasang sovuq qotib qolasan va shu sababli men har doim ovqat haqida o‘ylar edim. Bir kuni ertalab bor jasoratimni bir joyga to‘plab, karavotim tagidan tarozini oldim va vaznimni o‘lchadim. Keyin yana bir marta. Ishonmasdan, yana bir marta o‘lchadim. Tarozining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, haqiqatan naqd bir kilogrammga ozganimni ko‘rdim. Aslida esa, bir hafta davomida nazarimda aksincha bo‘lishi, ya’ni vaznim ortishi kerak edi. To‘g‘ri, balki ortiqcha suyuqlik tanamdan chiqib ketgan bo‘lishi ham mumkin, ammo hamma vaqt ovqat eyishni xohlaysanu, semirish o‘rniga vazn yo‘qotsang, naqadar yoqimli ta’sir qilar ekan. Xullas, hozircha jangda g‘olibman deyishimga sal ertaroq. Bir kilogramm vaznga ozish yaxshi albatta, ammo yuzimdagi qizil toshmalar to‘liq ketganicha yo‘q. Qani, ko‘raylikchi, oldinda bizni nimalar kutayotgan ekan. Hali yana bir-ikki kiloga ozadigan bo‘lsam, tonal kremni sal qalinroq surtsa bo‘ladi va terim bundan hayron bo‘lib qolmasa kerak, zero yo‘nalishimiz aniq – faqat go‘zallik!