SCORAD tizimida 6 belgi ajratiladi:
1) eritema (giperemiya), 2) SHISH / yiringli toshmalar, 3) suvli toshmalar / yarali, 4) ekskoriatsiya (terining mexanik zararlanishi ), 5) lixenifikatsiya (terining dag‘allashuvi),6) qurishqoqlik.
Har bir belgi 0 dan 3 ballga qadar baholanadi
(0 – kasallik yo‘q, 1 - engil, 2 - o‘rta, 3 - og‘ir) tavsiya etilgan fotosuratlarga ko‘ra.
ERITEMA YOKI QIZARISH
SHISH / YIRINGLI TOSHMALAR
SUVLI TOSHMALAR
EKSKORIATSIYA (terining mexanik zararlanishi)
LIXENIFIKATSIYA (terining dag‘allashuvi)
IMKON QADAR MAZKUR ALOMATLARNI YALLIG‘LANISH O‘CHOQLARIDAN UZOQROQ, OLDINDAN YUMSHATUVCHI YOKI NAMLANTIRUVCHI VOSITALAR QO‘LLANMAGAN TERI QISMIDA BAHOLASHGA HARAKAT QILING.
Teri qatlamining zararlangan qismini hisoblang. Terining quruSHgan emas, aynan, yallig‘langan qismlari o‘chog‘i e’tiborga olinishi lozim. Bemorning kafti butun teri qatlamining 1 foizini tashkil qilishiga diqqat qiling.