E-QO‘SHIMCHALAR

Bugun qancha E-qo‘shimcha edingiz?

6501

Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan 14000 ga yaqin konservantlar, stabilizatorlar, rang beruvchilar ma’lum. Ularning har biri mahsulotning rangi, hidini kuchaytirish  va saqlash muddatini uzaytirish hisobiga mahsulot xaridorgirligini oshiradi. YOqimli, ammo salomatlikka foydasi yo‘q. To‘planib borgan qo‘shimchalar oxir oqibatda allergiya, astma, diabet, saraton, yurak-qon tomir tizimining buzilishi singari og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin. SHu sababdan xarid qilayotgan mahsulotingiz o‘ramini diqqat bilan o‘qib chiqing va ularda favquloda xatarli kimyoviy komponentlar bor-yo‘qligini tekshiring. 

Favqulodda zararli qo‘shimchlar

Sun’iy rang beruvchilar (oziq-ovqat bo`yog`i)

E-102 — sariq tusdagi sintetik bo‘yoq. Ko‘mirdan olinadigan mahsulot, sanoat chiqindisi hisoblanadi. Muzqaymoq, jele, bo‘tqa, sho‘rvalar, yogurtlar, xantal va sariq tusdagi gazlangan ichimliklar, konfet v tortlarga qo‘shiladi. SHuningdek E-102 bo‘yog‘ini konservalangan sabzavot va mevalar tarkibida ham ko‘rish mumkin.

E-123 anion bo‘yoq hisoblanadi. Tabiiy va sintetik matolar, teri, qog‘oz va fenolformaldegid smolalarga qo‘shiladi. Embrionning ona qornida nuqsonli rivojlanishiga sabab bo‘ladi, kanserogennыe xususiyatlarga ega.

E-127 — havo va nimpushti rangli yoki qizil tusli bo‘yoq. Quruq pechene, shakar sepilgan olcha, biskvitlar, sosiska o‘rami, shuningdek mevalarga rang berishda qo‘llaniladi.  Astma, giperfaollikni chaqiradi, jishar, yurak, qalqon bezi, reproduktiv fnuksiya, oshqozonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, kanserogen mahsulot. 

Konservantlar

E-210, E-211 odatda qayla, pasta, ketchup, sho‘rva va bo‘tqa, jele, marmelad, go‘sht va baliq mahsulotlari, alkogolsiz va alkogol ichimliklarga qo‘shiladi. Allergik reaksiyalar sabab bo‘ladi.

E-250 — natriy nitriti, dudlama va kolbasa mahsulotlariga pushti-qizg‘ish rang berish uchun qo‘llanadi. Mazkur konservant ichak saratoni keltirib chiqaradi. 

Stabilizatorlar

E422 — glitserin, namlikni boshqaruvchi (regulyator). Qandolatchilik mahsulotlarida qo‘llaniladi.  Glitserin organizmni suvsizlantiradi. SHuning uchun ham uni bo‘yrak va yurak-qon tomir tizimida kasalligi bor kishilarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. 

E492 — emulgator, stabilizator, quyiltiruvchi. SHokolad, glazur, yarim tayyor keks mahsulotlarida qo‘llaniladi. Ko‘payib ketgan yoki muntazam iste’mol qilinganida jigarning kattalashishi,  jigar ichki fibrozi, bo‘y o‘sishining kechikishiga olib keladi.

Ta’m beruvchilar

E621 — natriy glutamat ta’m va hidni kuchaytiradi. Sifatsiz pishloq mahsulotlari maskirovkasida qo‘llanadi. Qon bosimi ko‘tarilishi, yurak va bo‘yrak faoliyatining buzilishiga olib keladi, organizmdagi kalsiyni yuvib tashlaydi.

Organizmni toksinlardan qanday tozalash mumkin?

Yillar davomida organizmda to‘plangan shlak va toksinlar hujayralarni berkitib, modda almashinuvi va qon aylanishini buzadi. 

E-qo‘shimchalarni zararsizlantirish, organizmdan shlakni chiqarishga LAKTOFILTRUM® tarkibidagi tabiiy sorbent - lignin yordam beradi. U organizmdagi toksik moddalar, og‘ir metall tuzlari, alkogol, turli bakteriyalarni biriktirib  zararsizlantiradi va chiqaradi.

LAKTOFILTRUM® tarkibidagi lignin tufayli jigar va bo‘yraklar faoliyatini yaxshilaydi, tozalanishiga ko‘maklashadi, allergik reaksiyalar ehtimolini kamaytiradi.

Preparatning ikkinchi komponenti – lakutloza. Mazkur prebiotik shaxsiy mikroflora balansini tiklaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Laktuloza sababli preparatni qabziyatdan xavotirlanmasdan 3-4 hafta qabul qilish mumkin. LAKTOFILTRUM®ning  kompleks ta’siri organizmni tozalab, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi hamda organizmning himoyalanish quvvatini oshiradi.

LAKTOFILTRUM® ning afzalliklari nimada:

  • Organizmni tozalaydi va toksinlarni chiqaradi;
  • Ichaaklar va teri mikroflorasi balansini tiklaydi.

Manba:
prodobavki.com, samlib.ru/g/gladishin_a_a/food_additives.shtml

ORTGA