Toksinlarni chiqarish uchun Laktofiltrum

818

Har kuni organizmimizga umumiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab zaharli moddalar tushadi. Oshqozon-ichak tizimi va uning yordamchilari ularga qarshi mustaqil kurashadi, ammo ba’zi hollarda kuchi etmay qoladi.

Kundalik turmushida  insonga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan zaharli moddalar:

 

•          Patologik bakteriyalar ko‘payadigan mahsulotlar;

•          Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari komponentlari (konservantlar, kimyoviy qo‘shimchalar);

•          Alkogol;

•          Dori vositalari (terapevtik miqdordan ortib ketgan dozalarda);

•          Og‘ir metallar tuzlari (kimyoviy moddalardan zaharlanish).

Organizm intoksikatsiyasi (zaharlanishi) – zudlik bilan davolashni talab etadigan og‘ir holat hisoblanadi.  Xastalik organizmga tushgan zaharli moddalarning chiqib ketishiga yordamlashadigan - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichburug‘ singari ovqat hazm qilish tizimidagi turli buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.  

Toksinlarni chiqarishning eng yaxshi usuli

Toksinlarni organizmdan chiqarish kompleks tadbirlarni o‘zi ichiga oladi. Shuningdek, moddalarni neytrallashtiruvchi o‘ziga xos vositalardan foydalanish ham mumkin, biroq bu usul har doim ham qo‘l ostingizda bo‘lmasligi mumkin. Intoksikatsiyadan mustaqil ravishda organizmdagi zararli moddalarni bog‘lab chiqaradigan vositalar ko‘maklashadi. Laktofiltrum ana shunday preparat bo‘lib, turli intoksikatsion sindromlarda qo‘llanadi.

 

Preparatning ta’sir prinsipi yuqorida ko‘rsatilgan toksin turlarini shimib olish va yo‘g‘on ichak orqali chiqarishdir. Bundan tashqari mazkur dori vositasi qo‘shimcha komponent – immunomodulyator saqlaydi. Bu o‘z navbatida intoksikatsiya oqibatida aziyat chekadigan ichaklar normal mikroflorasining tiklanishini rag‘batlantiradi. Preparat nafaqat toksinlar, balki patogen bakteriyalarga ta’sir qilgani bois, ayniqsa, oziq-ovqatdan zaharlanish yoki ichaklarga tushgan infektsiyada ijobiy samara beradi.

Muhim: Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

YO‘RIQNOMANI KO‘CHIRIB OLISH

Davolash natijasi kurs boshlangani zahoti ko‘zga tashlanadi. Hayot sifati yaxshilanib, intoksikatsiyaning tashqi alomatlari yo‘qoladi. Ichaklar va jigar to‘g‘ri ishlab, bosqichma-bosqich zaharli moddalarning eng mayda zarrachalaridan ham xoli bo‘la boshlaydi. Toshmalar yo‘qoladi, qichish kamayadi, umumiy holat yaxshilanadi. Mazkur holatda: sog‘lom ichaklar – go‘zal teri prinsipi to‘liq amaliy ko‘rinish kasb etadi.

TERI SALOMATLIGI TESTIDAN O‘TISH

ORTGA